Volume ǀ issue ǀ



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix03.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#172378
1   2   3   4   5   6   7
termin-va-terminologiya-berilgan-ta-riflar

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
448 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
tamomila rasmiy bo’lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning 
ifodasidir, nomidir, professionalism esa biror kasb, mutaxassislik, ko’pincha jonli tilde 
tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat’iy, ilmiy tavsifiga ega bo’lmagan yarim 
rasmiy so’zdir ” – deydi. 
R. Doniyorov bu fikrga e’tirozan, “Bunday qat’iy da’vo, aslini olganda, tilni 
sinfiy deb hisoblagan ayrim “olim”larning qarashlari davomidir demak, xatoga yo’l 
qo’ymaymiz” deya munosabat bildiradi.
H. Jamolxonov terminga munosabatda bo’lar ekan quyidagicha yozadi: “Terminlar 
fan-texnika, adabiyot, san’at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo’llanishi 
muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: 
gulkosa, shone (botanikada); to’rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim 
(tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi”. 
Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yo’llari har xil: boshqa tillardan so’z 
olish, yangi so’z yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, so’z 
birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda o’zbek 
terminologiyasining boyish, asosan, boshqa tillardan so’z olish va ichki so’z yasash 
hisobiga ro’y bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barqarorligini 
belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. 
Terminologiyaning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda 
sinonimiya, omonimiya va ko’p ma’nolilik tilning boyligi bo’lsa. Terminologiyada 
bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun o’zbek 
tilida yarim o’tkazgich – chala o’tkazgich – nim o’tkazgich terminlari qo’llanmoqda. 
Bu, o’z navbatida, o’qish, o’qitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu 
sababli ham terminologiyasi ma’lum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar 
doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish ma’lum terminologik me’yorlar asosida 
amalga oshiriladi. Terminologiyaning rivojida fan sohalariga oid maxsus lug’atlarni 
nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega. 
Hamidulla Dadaboyevning “O’zbek terminologiyasi” kitobida ham quyidagicha 
ta’riflarni uchratishimiz mumkin: 
V.P.Danilenkoning ta’kidlashicha, terminologiya deganda umumadabiy tilning 
mustaqil fimksional turi, ya’ni an’anaviy fan tili (fan, ilm yoki texnika tili) nazarda 
tutiladi (Danilenko, 1977; 8). Fan tili umumadabiy tilning funksional sistemalaridan biri 
sifatida jonli so‘zlashuv tili va badiiy adabiyot tili tushunchalari bilan bir qatorda turadi. 
Fan tili millatning umumadabiy tili asosida shakllanadi va rivojlanadi. Shu bois 
fan, ilm tili poydevorini umumadabiy tilning leksikasi, so‘z yasalishi va grammatikasi 
tashkil qiladi. 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin