450 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz lug’aviy birliklaming alohida turi tarzida qaralishiga e’tiroz bildiradi hamda termin-
funksiya, leksik birliklar o‘llanishining bir qo‘rinishi, degan g‘oyani ilgari suradi (Gak,
1972; 68 -71).
V.P.Danilenkoning e’tirof etishicha, jamiyatda sodir bo‘ladigan har qanday
jarayonning in’ikosi dastavval terminologiyada o‘z ifodasini topadi yoki muayyan
terminlaming tranformatsion o‘zgarishi oqibatida voqelanadi (Danilenko, 1971; 9).
D.Lottening ishlarida terminga alohida belgi sifatida emas, balki aniq sistemaning
a’zosi shaklida qarash, munosabatda bo’lish zarurligi ta’kidlangan.
Uning fikriga muvofiq mazmun planidagi sistemli munosabatlar terminlaming
sistem xarakterga egaligini belgilaydi. Terminlaming terminlar sistemasidagi o‘mi,
mavqei muayyan tushunchaning tushunchalar sistemasidagi o‘mi, mavqei bilan
aniqlanadi.
Terminologiya turli-tuman maktab, ilmiy yo‘nalish va aniq fikrlarga xos ketegorial
apparatni ifodalovchi, terminlar sistemasiga birlashgan maxsus tushunchalar yig‘indisi,
majmui tarzida qaraladi (Lotte, 1961).
Hozirgi tilshunoslikda yangi terminlaming paydo bo‘lishi, ulaming hayotga tatbiq
qilinishidagi to‘siqlar, yasalish prinsiplari va usullari xususida turfa g‘oyalar, nuqtai
nazarlar ko‘zga tashlanadi.
Termin so‘zi interpretatsiyasining substansional, funksional, dervatsion, semantik
va pragmatik prinsiplari e’tirof etilmoqda.
Substansional nuqtai nazar vakillariga ko‘ra, termin maxsus so‘z yoki so‘z
birikmasi bo‘lib, boshqa nominativ birliklarga nisbatan bir ma’noliligi, aniqligi,
sistemliligi, kontekstdan xoliligi va emotsional jihatdan neytralligi bilan ajralib turadi.
Funksional nuqtai nazarga binoan terminlar maxsus so‘z emas, balki maxsus
funksiyaga ega so‘zlardir; terminning o‘mi(roli)ni istalgan so’z bosishi, o‘ynashi
mumkin.
Derivatsion nuqtai nazar terminlarning yasalish jarayonlari bilan chambarchas
bog‘langan. Ushbu g‘oya tarafdorlarining fikricha, termin nafaqat oddiy so‘zning
varianti, shuningdek, yangi, o‘ziga xos spetsifik belgilarga ega maxsus yasalgan birlik
sifatida ham tan olinadi. Yangi terminlaming yuzaga chiqish sabablari yangi realiyalami
ifodalash ehtiyoji bilan baholanadi.
Terminga muayyan talablar qo‘yiladi, ushbu jihat uni umumtil va lahja hamda
shevalardagi oddiy so‘zlardan ajratib turadi.
Nomenklatura terminologiyaga nisbatan yangi kategoriya hisoblanadi.
Har qanday soha nomenklaturasi shu sohaga oid barcha tur nomlarini o‘zida
mujassam etadi. Ulaming miqdori haddan ortiq darajaga yetganda, maxsus strukturani
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2