451 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz taqozo etadi. Masalan, hozirgi kunda 200 mingdan ortiq o‘simlik turlarining har biriga
alohida nom qo‘yishga urinish befoyda, buning imkoni ham yo‘q.
Insoniyatning tabiatni bilish, anglash bosqichlarini o ‘zida aks ettiruvchi tabiiy
fanlar nomenklaturasidan inson tomonidan kashf etiladigan, yaratiladigan(ishlab
chiqarish nomenklaturasi) texnik nomenklatura, shuningdek, xaridorbop tovarlar bilan
ta’minlash, ularni sotish maqsadida mdxsus yuzaga chiqariladigan savdo-sotiq
nomenklaturasini farqlash lozim bo‘ladi.
Garchi har uchala nomenklatura ham manfaatdor subyektlar tomonidan yaratilsa-
da, biroq ular turli asos, turli maqsad va turli prinsiplar negizida voqelanadi.
Xullas, terminlar umumadabiy so‘zlardan tubdan farqlanuvchi leksik qatlamni
o'zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy xususiyatlarda aksini topadi:
semiotik (terminlarda belgi va ifodalovchi o‘zaro simmetrik munosabatga kirishadi);
vazifaviy (terminlar nafaqat nominativ, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham
xarakterlanadi); semantik (terminlar faqat maxsus tushunchalami ifodalaydi, ulaming
har biri o ‘z ma’nosiga ko‘ra unikaldir); tarqalish, ommalashish (faqat fan tiliga oid
terminlar muayyan qismining umumadabiy tilga kirishi ulaming boshqa sistemaga
xosligiga to‘sqinlik qilmaydi); shakllanish yo‘llari va vositalari (terminologiyada
umumadabiy til so‘z yasalishi vositalarining harakati maxsuslashgan, standart, turg‘un
modellami ishlab chiqishga bo‘ysunadi) (Danilenko, 1977; 208).
Tepada biz o’zbek tilidagi termin va terminologiyaga berilgan ta’riflar hamda
olimlarning mazkur mavzu yuzasidagi qarashlarini ko’rib chiqdik. Shu o’rinda aytishim
joyizki, Hamidulla Dadaboyevning “O’zbek terminologiyasi” nomli kitobida ushbu
mavzu yuzasidan ma’lumotlarni anchagina ko’proq va aniqroq ekanlikini uchratishimiz
mumkin.