449 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz X. Xyuellning qayd etishiga ko‘ra, terminologiya muayyan fanga oid terminlar
yoki texnika sohasida qo‘llanadigan so‘zlar yig‘indisidir. Biz terminlar ma’nosini qayd
etish orqali ular ifodalaydigan tushunchalami ham qayd etamiz (Whewell, 1967).
Termin so‘zini turlicha tushunish mavjud. Chunonchi, mantiqshunoslar (logiklar)
uchun termin-aniq obyektga tegishli tavsif (yoki tavsiflar) yig‘indisini nazarda tutuvchi
va unda tatbiq etiluvchi so‘z hisoblanadi. Har qanday tildagi istalgan so‘z termin
bo‘lishi mumkin.
Fan va texnikada termin sun’iy o‘ylab topilgan yoki tabiiy tildan olingan maxsus
so‘z sanaladi. Bunday so‘zlaming qo‘llanish sohasi u yoki bu ilmiy maktab vakillari
tomonidan aniqlashtiriladi yoxud chegaralanadi. Umumtil tenninlaridan farqli o‘laroq,
ilm-fan, texnikaga xos terminlar iyerarxik birliklar sifatida terminologik sistemalarga
birlashadi, ular o‘z ma’nolariga faqat ayni sistema ichida erishadi, bu sistemada ularga
mantiqiy (tushunchaga oid) terminologik may don mos keladi.
Termin va terminologik leksika tushunchalarini bir-biridan farqlash zarur.
Terminlarning qo‘llanish, tarqalish ko‘lami muayyan terminologik sistema bilan
cheklangan bo‘lib, ular insonning faoliyati doirasidagi aniq uslubda harakat qiladi,
voqelanadi.
Terminologik leksika o‘z tarkibiga tor mutaxassislik doirasidan ommaviy muloqot
doirasiga ko‘chgan noprofessional nutqiy kontekstda keng qo‘llanadidigan so‘z va so‘z
birikmalarini qamrab oladi.
Umumadabiy til doirasiga o‘tgan termin o‘z terminologiyasi, terminologik
maydoni va sistemasidan yiroqlashadi, terminlik xarakteristikasidan ajralib qoladi.
Termin ta’rifi xususida ilmiy adabiyotlarda ko‘pdan-ko‘p mulohazalar bildirilgan.
Deyarli barcha ta’riflarda termin maxsus ilmiy-texnikaviy tushunchani ifodalovchi so‘z
yoki so‘z birikmasi tarzida tavsiflanadi.
O.Vinokuming fikricha, termin - har doim aniq va ravshan. Terminlar sistemasi tili
ongli shakllantiriladi. Zero, termin o'z-o'zidan, stixiyali tarzda paydo boimaydi, balki
zarurligi, jamiyatda unga ehtiyoj mavjudligi bois yaratiladi.
A.Gerdning mulohazasiga ko‘ra, termin ilm-fan taraqqiyotining muayyan
bosqichida mavjud tushunchalaming asosiy xususiyatlarini aniq va to‘laligicha aks
ettiruvchi maxsus terminologik ma’noga ega tabiiy va sun’iy til birligi, ya’ni so‘zyoki
so‘zbirikmasidir(Gerd, 1991; 1-4). O.Axmanovaning ta’kidlashicha, terminologiya
qaysidir fan o‘z taraqqiyotining oliy darajasiga erishgandagina yuzaga chiqadi, ya’ni
termin muayyan tushuncha aniq ilmiy ifoda kasb etgandan so'ng tan olinadi. Terminni
notermindan farqlashning muhim vositasi uni ilmiy asosda ta’riflash mumkin
emasligidadir. V.G.Gak terminning ta’rifini berish qatori, uning mohiyatini ochadi va
terminning biror bir til so‘z boyligidagi o‘rnini belgilaydi. U ilmiy ishlarda terminga
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2