135
Diskontli obligatsiyaning daromadi nominal qiymati bo‘yicha belgilangan
muddatda so‘ndirish hisobiga, bunda daromad sotish bahosi va obligatsiyaning nominal
qiymati o‘rtasidagi farq hisobiga tashkil etadi.
Yutuqli obligatsiyalarni chiqarishda nominal qiymatga foiz yoki diskont
ko‘rinishida belgilangan daromadga qo‘shimcha ravishda muntazam o‘tkazib turiladigan
tirajlar bo‘yicha yutuq ko‘rinishida to‘lanadigan daromad belgilanishi kerak. Daromadi
muntazam ravishda o‘tkazib turiladigan tirajlar bo‘yicha yutuq ko‘rinishida
belgilanadigan obligatsiyalarni chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar bo‘yicha daromad tovar (xizmat) ko‘rinishida
belgilanadi. Qaysi tovar (xizmat) asosida chiqarilganligini ko‘rsatish maqsadli
obligatsiyalarning majburiy rekviziti hisoblanadi.
Obligatsiyalarning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini muomalaga
chiqarishga yo‘l qo‘yiladi.
Bankning berilgan kreditlar va boshqa aktivlarini ta’minlash bo‘yicha qimmatli qarz
qog‘ozlari mazkur Qoidalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda obligatsiyalar
ko‘rinishida chiqarilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda
tutilmagan bo‘lsa, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va tasdiqlash;
b) risolani tasdiqlash (qimmatli qog‘ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda);
с) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
d) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida
hisobga olish;
e) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlari va mazkur
Qoidalarda belgilangan tartibda oshkor qilish;
f) chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;
g) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari
to‘g‘risida bildirishnoma taqdim etish.
Dostları ilə paylaş: