J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


- evroobligatsiyalarni joylashtirishning etakchi menejeri sifatida investitsion



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

 
-
evroobligatsiyalarni joylashtirishning etakchi menejeri sifatida investitsion 
bankni jalb etish
. Odatda uning o‘zi obligatsiyalar bo‘yicha to‘lov agenti bo‘ladi. Uning 
komission xarajatlari summasi emissiya natijalarini tarqatish usuliga bog‘liq. Komission 
xarajatlar investorlarni mukofotlash natijasiga ko‘ra, anderrayting xizmati hajmi va 
sifatiga ko‘ra, emissiya hajmiga nisbatan foizda hisoblanishi mumkin. Investitsion bankni
 
tanlab olish me’zonlariga nafaqat miqdor ko‘rsatkichlari, balki banking sifat 
ko‘rsatkichlari ham hisobga olinadi:
 
-
u evropada taniqli nomga ega bo‘lishi lozim. Aynan shuning uchun mahalliy bank 
emas, balki xorijiy bank tanlanadi;
 
-
joylashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lishi lozim. Bu esa 
evroobligatsiyalarni sotish xarajatlarini ham kamaytirishi mumkin.
 


133 
-
emitent mamlakatida o‘z ofisiga ega bo‘lishi, soliqqa tortish masalalarini oson 
hal qilishi uchun o‘sha joyning yuridik shaxsi hisoblanishi lozim. 
 
-
xalqaro reyting agentligi tomonidan baholangan bo‘lishi lozim.
Agar qarz 
alohida bir mamlakatga joylashtiriladigan bo‘lsa, mahalliy reyting agentliklari 
xizmatlaridan foydalanishning o‘zi etarli bo‘ladi;
 
-
emissiyani ro‘yxatga olish.
Agar emitent bank bo‘lsa, emissiya prospektini 
ro‘yxatga olish mamlakatlarning moliya vazirliklarida yoki markaziy banklarida amalga 
oshiriladi; 
-
axborotlarni oshkor etish dasturi bo‘lishi lozim;
Mustaqil joylashtirish. 
Investitsion banklarga yuridik hujjatlarni, emissiya 
prospektini, kurslar va emitent faoliyatining sifatini ko‘rsatuvchi mustaqil joylashtirish 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuborilib, bank evroobligatsiyalarni chiqaruvchi emitentga 
faqat to‘lov agenti vazifasini bajarib beradi xolos, ularni evrobozorda joylashtirishga 
ko‘maklashmaydi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin