Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. “ONIKS-AP” asbobining umumiy ko‘rinishi



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

6.10-rasm. “ONIKS-AP” asbobining umumiy ko‘rinishi:
1 – elektron blok; 2 – gidropress;
3 – po‘lat disk; 4 – po‘lat plastina. 
Qo‘llanish sohalari. Qurilish ob’yektlarida pardozlash ishlari va himoya 
qoplamalarini sifatini baholashda, qurilish industriyasi korxonalari va qurilish 
laboratoriyalarida turli inshootlarni tekshirish va rekonstruksiya qilishda, mebel, lak-
bo‘yoq va yog‘ochsozlik sanoatida qo‘llanadi. 
Asbob quyidagilarning amalga oshirilishini ta’minlaydi: 
-yuklantirish zo‘riqishini o‘zgartirish tezligining indikatsiyasi; 
-ustqoplov yoki himoya qoplamasi fragmentini ko‘chirib olish zo‘riqishining 
avtomatik fiksatsiyasi; 
-birikish mustahkamligini avtomatik hisoblash; 
-variatsiyalar koeffitsiyentini hisoblagan holda qoplamalarning 1 dan 5 tagacha 
ko‘chirib olish seriyasidan natijani shakllantirish; 
-natijalarni (450 ta seriya 5 tadan o‘lchash) va real vaqtdagi o‘lchashlar 
shartlarini qayd etish, ularni sanalar va raqamlar bo‘yicha ko‘rib chiqish; 


211 
-sinovlar ob’yekti, yopishtirilayotgan plastina geometriyasini tanlash hamda 
uning o‘lchamlarini o‘rnatish; 
-ko‘chirib olinayotgan plastina qalinligi bo‘yicha yurishni rostlash (zarurat 
tug‘ilganda); 
-yoritiladigan grafik displeyda matniy, raqamli va grafik shakllarda axborotni 
to‘liq taqdim etish; 
-optointerfeys bo‘yicha shaxsiy kompyuter bilan aloqa o‘rnatish va 
ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturi yordamida axborotni qo‘shimcha ishlash va 
hisobot hujjatlarini rasmiylashtirish. 
Afzalliklari: 
-ikki tayanchli ergonomik, qulay gidropress mavjud bo‘lib, ularning biri qiya 
sirtda barqarorlikni oshiradigan “boshmoq” ko‘rinishida bajarilgan; 
-sinovlar paytida tez va qulay montaj amalga oshiriladi; 
-asbob portativ ko‘rinishda bo‘lib, minimal massa va gabarit ko‘rsatkichlariga ega. 
Asboblar komplektida fasad plitkasi, tomyopma, turli mastikalar va yelimli 
birikmalar, anker boltlari va dyubellarni sinash uchun nasadkalar ham bo‘lishi 
mumkin. 
Texnik tavsiflari: 
-ulanish mustahkamligini o‘lchash diapazoni, MPa.....0,1...40 
-ko‘chirib olish kuchini o‘lchash diapazoni, kN..........0 – 100 
-yuklantirish tezligi, N/s.............................................30 – 80 
-kuch o‘lchashning nisbiy xato chegarasi, %................2 
-elektron blok/pressning gabaritlari, mm ...................150x75x27/120x50x210 
-elektron blok/press massasi, kg..........................................0,14/1.

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin