Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. “Oniks-OS” asbobining umumiy ko‘rinishi



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

6.9-rasm. “Oniks-OS” asbobining umumiy ko‘rinishi
:
1 – gidropress; 2 – elektron blok; 3 – yo‘nish qurilmasi;
4 – anker. 
Anker beton bilan mahkam birikishi uchun shpurda berilgan chuqurlikda maxsus 
yo‘nadigan asbob (rastochnoye ustroystvo) bilan halqasimon o‘yiq yo‘niladi, anker 
segmentlarining uchida esa bo‘rtiqlar qilinadi. Ko‘chirib olish paytida uchi o‘yiq 
bo‘ylab shakllangan beton fragmentining stabil (barqaror) konusi hosil bo‘ladi, bu esa 
o‘lchashlarning ishonchliligini ancha oshiradi. 
Asbob quyidagilarning amalga oshirilishini ta’minlaydi: 
-tavsiya etiladigan va faktik yuklantirish tezliklarining yoritiladigan grafik 
displeyda raqamli va grafik shakllardagi indikatsiyasi; 
-qo‘yilayotgan zo‘riqish indikatsiyasi va o‘yib olish zo‘riqishining avtomatik 
fiksatsiyasi; 


209 
-beton turi, qotish usuli, anker turi va o‘lchamlarini hisobga olgan holda beton 
mustahkamligini hisoblash; 
-konstruksiyaning 1 dan 5 tagacha uchastkasini sinash asosida natijalarni 
shakllantirish; 
-sinov natijalari va shartlarini real vaqtda arxivlash (450 seriyada 5 tadan 
o‘lchov), ularni sanalar va raqamlar bo‘yicha tezkor ko‘rib chiqish; 
-yangi materiallarni sinash uchun individual graduirovkalovchi bog‘liqliklarni 
o‘rnatish; 
-optointerfeys bo‘yicha shaxsiy kompyuter bilan aloqa o‘rnatish va 
ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturi yordamida axborotni qo‘shimcha ishlash. 
Qo‘shimcha 
moslamalarni qo‘llash orqali asbobdan tog‘ jinslari namunalari, sement 
to‘sinchalari, qorishma kubiklarini sinash plitka adgeziyasini aniqlash uchun 
foydalanish mumkin. 
Texnik tavsiflari: 
-mustahkamlikni o‘lchash diapazoni, MPa....................5..100 
-ankerni o‘yib olishning chegaraviy zo‘riqishi, kN.......55 
-kuch o‘lchovi nisbiy xatosining chegarasi, %...............2 
-gidropressning gabarit o‘lchamlari, mm……………...300x70x85 
-gidropress massasi, kg...............................................3,7 
“Oniks-AP” qoplamalar adgeziyasi o‘lchagichi 
suvoq, faktura qoplamalari, 
sopol plitka, turli himoya qoplamalarining asos bilan GOST 28089, 28574, bo‘yicha 
po‘lat disklar yoki plastinalarni ko‘chirib olish usulida birikish mustahkamligini 
o‘lchash, shuningdek likopchasimon dubellar, anker boltlari va boshqalarning 
sug‘irib olish zo‘riqishlarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan (6.10-rasm). 


210 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin