200
Tushirilgan izlarning diametri 0,5 mm oralatib chizilgan konsentrik aylanali
shaffof plastinka yordamida o‘lchanadi. Izlarning kattaligi ikkita o‘zaro
perpendikular diometrlarni o‘lchash natijalarining o‘rtacha qiymati sifatida
o‘rnatiladi. O‘zaro perpendikular diametrlari 15% dan ortiq
farq qiladigan oval va
noto‘g‘ri shakldagi izlar tashlab yuboriladi (hisobga olinmaydi).
6.4. Asboblarni tarirovka qilish
Har bir asbobni alohida ishlab chiqarishda ma’suliyatli bosqich uni tarirlash
hisoblanadi. Asbobni to‘g‘ri tarirlashga uning xatoligi kattaligi
va konstruksiyalarda
betonning mustahkamligini buzishlarsiz aniqlash aniqligi bog‘liqdir. Shu munosabat
bilan tarirlash sinchiklab va juda ko‘p miqdordagi namunalarda amalga oshirilishi
kerak. Agar betonning mustahkamligini sinov natijalari bo‘yicha aniqlash uchun
to‘qqizta namuna, ba’zan esa uchta namuna ham yetarli bo‘lsa, u holda tarirovka egri
chizig‘ida betonning mustahkamligini ifodalovchi o‘rtacha nuqtani hosil qilish uchun
70 dan 100 tagacha sinovlar o‘tkazish zarur ( 9 dan 15 tagacha namunani 6 martadan
sinash).
Shunday qilib, botirish prinsipiga ham, elastik sapchish (qaytish) prinsipiga
ham, asoslangan asboblar uchun tarirovka egri chizig‘ini yasash uchun 700 dan 1000
tagacha sinov o‘tkazish zarur.
Ishqalanuvchi detallari soni ko‘p bo‘lgan, elastik sapchish prinsipiga
asoslangan asboblarda terirovkani bu detallarni sinchiklab moslashtirgandan so‘ng,
ularni keyin pardozlab amalga oshirish lozim.
Asbob bilan uzoq
vaqt ishlashda, shuningdek, sinovlarning katta seriyasidan
avval asboblar davriy ravishda tekshiriladi, bu ish zarba beruvchi mexanizmning,
sharchali uchlikning, prujinaning va h.k.ning holatini ko‘zdan
kechirish bilan amalga
oshiriladi, shuningdek etolonlar yordamida asbobning zarbaviy energiyasi
tekshiriladi. Agar asboblar elastik sapchish prinsipiga asoslangan tekshiruvdan
o‘tkazilgandan so‘ng etalan yordamida yo‘l qo‘yiladigan kattalikdan ortuvchi
og‘ishlar aniqlansa, u holda tarirovka egri chizig‘i tuzatilishi kerak.
Sinovlar o‘tkazish joyini tanlash.
Turli qalinlikdagi (balandlikdagi)
mahsulotlarni sinashda mahsulot yuqori va quyi qismlarida betonning mustahkamligi
bir xil bo‘lmasligi aniqlandi. Mahsulotning balandligi ortishi bilan bu
farq asosan
mahsulotning quyi qismlarida betonning mustahkamligi ortishi hisobiga ortadi.
201
Agar buyum (mahsulot) larning balandligi 100 mm bo‘lganda bu farq bor
yo‘g‘i 5% ni tashkil etsa, u holda balandligi 300 mm bo‘lgan vibromaydonchada
zichlashtiriladigan plastik beton qorishmalari uchun bu farq 18% gacha ortadi, buyum
(mahsulot) balandligi yana ortirila borilsa, bu farq yanada ko‘proq ortadi.
Uzun o‘lchovli temirbeton buyumlarni sinashda shu narsa aniqlandiki, ularning
mustahkamligi uzunligi bo‘yicha bir xil bo‘lmay, ayrim hollarda 30% gacha o‘zgarar
ekan. Bu hol ko‘pincha monolit (yaxlit) buyularda, beton qorishmasini chuqurlik
vibratori yordamida yetarli darajada bir tekis zichlashtirilmaganda, va buyum
uzunligi bo‘yicha turli uchastkalarda vibratsiyalash davomiyligi bir xil bo‘lmaganda
kuzatiladi. Sinovlar o‘tkaziladigan joyni tanlashda opolubkada choklar hosil qilgan
uchastkalardan qochish kerak.
Sinovlarni konstruksiyaning vertikal sirtida o‘tkazish kerak. Aks
holda
gorizantal sirtdagi yuqorigi sementli–qumli plyonka to‘liq olib tashlanish va bu qism
karborund disk yordamida tozalanish kerak.
Barcha hollarda sinovlar o‘tkaziladigan uchastkalar asbobni torirovkalash
uchun qo‘llaniladigan nazorat sirtlari kabi sirtga ega bo‘lishini nazorat qilish zarur.
Temirbeton konstruksiyalarni mexanik ta’sir ko‘rsatish
asboblari bilan
sinovdan o‘tkazish joylarini tanlash bo‘yicha ma’lumotlar 6.2-jadvalda keltirilgan.
6.2-jadval
Dostları ilə paylaş: