Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
 
 
 
6.4-rasm. M.A. Novgorodskiy sistemasidagi asbob:
1- korpus; 2- bosiluvchi stakan; 3- indikator;
4- indikatorni mahkamlash uchun halqa; b- mustahkam 
qotishmadan qilinga uchlikli sterjen; 6- prujina;
7- prujina bosim kuchi 5 va 10kG bo‘lganda bosiluvchi 
stakaning siljishini qayd etuvchi vint; 8- asbobning 
tayanch halqasi; 9- kontrgayka.
 


195 
Asbob natijalarni indikator bo‘yicha bevosita sinash paytida olish imkonini 
beradi, bu sinashlar muddatini ancha qisqartiradi va sanoq kattaligini olishni 
soddalashtiradi. Bunda izlarning kattaligini o‘lchashlarda qo‘shimcha o‘lchash 
moslamalari (shtangensirkul, lupa, mikroskop va h.k.) va ular bilan bog‘liq uchrashi 
mumkin bo‘ladigan hatoliklar bo‘lmasligi hisobiga o‘lchash aniqligi ortadi.
Mustahkamlikni aniqlash har qanday tekislikda tezda amalga oshiriladi. 
Qo‘yma choklarning mustahkamligi terilgan g‘ishtlarning choklarida, suvoqli 
tekisliklarning mustahkamligi esa binoning bevosita devorlarida va to‘siqlarida 
aniqlanishi mumkin. Asbob betonlarda va qorishmalarda ularning qotishida 
mustahkamlikning ortishini aniqlash uchun foydalanishi ham mumkin. 
6.2. Elastik sapchish pritsipiga asoslangan asboblar 
Betonning mustahkamligini elastik sapchish usuli bilan aniqlash bunda 
betonning elastikligi bilan uning siqishga mustahkamligi o‘rtasida ma’lum bir 
bog‘lanish o‘rnatilishida asoslangan. 
Shmidt bolg‘asi.
Xorijda Shmidt bolg‘asi keng tarqalgan bo‘lib, unda 
mustahkamlikni o‘lchash metall boyekning tekshirilayotgan beton sirtidan elastik 
sapchishi prinsipiga asoslangan. Prujinaga mahkamlangan va yo‘naltiruvchi sterjen 
bo‘ylab erkin xarakatlanuvchi boyok bo‘shagandan so‘ng zarba beradi va ma’lum 
masofaga sapchiydi. Bu masofa asbob korpusiga mahkamlangan shkalada qayd 
qilinib, betonning mustahkamligi ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. 
Asbob zarbalovchisi bilan birga 345 mm uzunlikka va 1030g og‘irlikka ega. 
Sinovlar vaqtida bolg‘a sinalayotgan sirtga perpendikular holatda o‘rnatiladi va 
korpusga zarblagich ko‘rinmay qolguncha va boyekni lo‘kidondan bo‘shatmaguncha 
bosib boriladi; boyek prujina ta’sirida zarblagichga zarba beradi va teskari 
yo‘nalishda shkalada strelka yordamida qayd etiluvchi kattalikka sapchiydi. Sapchish 
kattalikning (% hisobida) boyokning zarba berishida yo‘l kattaligiga nisbati 
betonning mustahkamligini ifodalaydi. 
KISI (Kiyev) sistemasidagi asbob 
(6.5-rasm) – korpus, ishga tushirish 
tugmachasi bo‘lgan qopqoq, vtulkadan iborat bo‘lib, cho‘zilgan prujinaning ta’siri 
ostida yo‘naltiruvchi sterjen bo‘ylab sirpanuvchi boyekning zarbasini qabul qilib 
oluvchi zarb bergich joylashgan.


196 
Asbobning korpusida halqa bo‘lib, unga ishga tushiruvchi tugmacha, 
ko‘rsatkich shkalasi bo‘lgan darajalangan shkala mahkamlangan. 
Sinashdan avval ishga tushirishi tugmachasi oxirigacha bosiladi va uni shu 
vaziyatda tutib turib, boyekni eng yuqori chetki holatiga suriladi, bu holat boyekni ishga 
tushirish holatida tutib turuvchi stoporlovchi skoba yordamida amalga oshiriladi. 
Shundan so‘ng sinalayotgan betoning eng silliq qismi tanlab olinadi, unga asbob 
o‘rnatiladi va ishga tushirish tugmachasi bosiladi. Boyek cho‘zilgan prujina ta’sirida 
zarblagichga uriladi va ko‘rsatkich strelkani shkala bo‘yicha yuqoriga siljitib, undan 
sapchib qaytadi. Shkaladagi ko‘rsatkich strelka bilan qayd etiladigan sapchish kattaligi 
(mm hisobida) betonning mustahkamligi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin