Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

Usulning nomi 
Beton mustahkamligining 
chegaraviy qiymatlari, MPa 
Elastik qaytish va plastik deformatsiya 
5 – 50 
Zarbaviy impuls 
10 – 70 
Uzish (otrov) 
5 – 60 
Yorilish (skalechvaniye) 
10 – 40
Yorilish bilan uzish 
5 - 100 
 
6.1. Sirt mustahkamligini aniqlash uchun asboblar 
Metallarning mustahkamligini sinash uchun keng qo‘llaniladigan qurilish 
materiallariga nisbatan nomunosib ravishda kam tadqiq etilgan Brinel usuli betonni 
sinash uchun borgan sari ko‘p foydalanilmoqda. Yig‘ma temirbeton sanoatida turli 
shakldagi boyok yoki sharchani ma’lum kuch ta’sirida beton sirtiga botirishga va 
hosil bo‘lgan chuqurchaning diametrini yoki chuqurligini o‘lchashga asoslangan 
asboblar keng tarqaldi. 
Kostruktiv ijroda bu asboblar dinamik va statik turlarga bo‘linadi. Dinamik 
asboblarda sharchaga beriladigan yuklanish bolg‘a yordamida jamlangan zarb 
ko‘rinishida yoki ishchi tariflangan prujina zarbasi ko‘rinishida uzatiladi. Statik 
asboblarda sharcha yoki boyokka yuklanish asta-sekin ortib boruvchi zo‘riqish bilan 
(press yuklanishga o‘xshash) bir tekis uzatiladi. 


191 
 
6.1 – rasm I.A. Fizdelning sharchali bog‘lasi: a–asbob konstruksiyasi:
b – tarirovka egri chizig‘i. 
 
Dinamik ta’sirga asoslangan asboblar.
 
Kostruktiv ijroda va sinash uslubi 
bo‘yicha eng soddasi I.A. Fizdel sistemasidagi bolg‘acha hisoblanadi. Bu og‘irligi 
250 g li bolg‘a bo‘lib, uning zarba beruvchi qismi diametri 17,483 mm bo‘lgan po‘lat 
sharcha bilan tugaydi. (6.1.- rasm). Sinashdan avval eng silliq va toza sirt tanlanadi, 
unda zarba berish nuqtalari belgilanadi. Shundan so‘ng 6-10 marta tirsakli zarbalar 
beriladi, ular o‘zidan keyin iz - chuqurcha qoldiradi, ularning diametriga qarab 
betonning mustahkamligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Biroq, sharchali bolg‘a 
yordamida olinadigan beton mustahkamligi taqribiy bo‘ladi, chunki izning diametri 
bog‘liq bo‘ladigan bir xil kuchdagi zarbaga erishish juda qiyin.


192 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin