Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 – rasm. K.P.Kashkarov bolg‘asi: a- umumiy ko‘rinishi; b - tarirovka grafigi



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

6.3 – rasm. K.P.Kashkarov bolg‘asi: a- umumiy ko‘rinishi; b - tarirovka grafigi.
1-dastak; 2- prujina; 3- stakan; 4- sharcha; 5- sterjen; 6- sterjendagi iz. 
Kashkarov bolg‘asining Fizdel bolg‘asidan farq qiladigan jihati shundan 
iboratki, metall bolg‘a bilan zarb beruvchi sharcha o‘rtasida teshik bor bo‘lib, unga 
nazorat metall sterjeni kiritiladi. Bolg‘a bilan konstruksiya sirtiga urilganda ikkita iz 
hosil qilinadi: biri material sirtida db diametr bilan va ikkinchisi nazorat (etalon) 
sterjenda de diametr bilan. Olinayotgan izlar diametrining nisbati tekshirilayotgan 
materialning va etalon sterjenning mustahkamligiga bog‘liq va amalda bolg‘a bilan 
urilayotgan zarbaning tezligiga va zarba kuchiga bog‘liq bo‘lmaydi. db / de 
kattalikning o‘rtacha qiymatiga ko‘ra tarirovka grafigidan (6.3.b-rasm) materialning 
mustahkamligi aniqlanadi.
Sinash uchastkasida betondagi izlar orasida masofa kamida 30 mm, metalda 
kamida bita belgi qo‘yilishi kerak. 
Statik ta’sir ko‘rsatish asboblari. 
M.A. Novgorodskiy sisitemasidagi asbob 
beton va temirbeton buyumlarning, qurilish qorishmalarining, gipsli, silikatli va 


194 
boshqa buyumlarning, shuningdek yumshoq tog‘ jinslari toshlarining 
mustahkamligini aniqlash uchun mo‘ljallangan. 
Asbob (6.4-rasm) quvursimon korpus, bosiluvchi stakan, korpusga halqa 
yordamida mahkamlangan indikator, bosiluvchi stakanning ko‘chishini qayd qiluvchi 
vintdan iborat bo‘lib, bosiluvchi stakan prujinalarni materialning kattiqligiga qarab
5 va 10 kG kuch bilan siqadi. Sterjening uchi VK2 guruhidagi metallkeramika 
qotishmasidan tayyorlangan. Qotishmaning taxminiy tarkibi kirishmalarni hisobga 
olmaganda – 98% karbid volfram va 2% kobaltdan iborat. Egilishda mustahkamlik 
chegarasi kamida 100 kG/mm
2
, Rekvell bo‘yicha mustahkamlik kamida 90. Uchlikni 
charxlash burchagi 60
0
qilib qabul qilingan. 
Sinovlardan oldin tekis sirt tanlanadi, zarur bo‘lganda qum qog‘oz bilan 
tozalanadi, asbob sinalayotgan sirtga tik qilib o‘rnatiladi va stakan bosiladi, u tirak 
vintgacha siljib, prujinani 10 kG kuch bilan siqadi. Prujina kuchi uchi 
tekshirilayotgan materialning sirtiga botadigan sterjenga uzatiladi. Uchlikning 
botishini indikator 0,01 mm gacha aniqlikda qayd etadi. Sterjenning botish chuqurligi 
bir nechta aniqlashlar natijalariga ko‘ra o‘rtacha arifmetik miqdori belgilanadi.

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin