215
Elastik to‘lqinlarning qattiq jismda tarqalish tavsifiga to‘lqinlar difraksiyasi
ham, ya’ni to‘lqinlar to‘g‘ri chiziqligining uchrayotgan to‘siqlarni aylanib o‘tishi
natijasida bo‘zilishi va to‘lqinlar energiyasining tarqalishi bilan bog‘liq boshqa
hodisalar ham ta’sir ko‘rsatadi. Elastik to‘lqinlar dispersiyasi - elastik to‘lqinlar fazali
tezligining (vaqt bo‘yicha cheksiz davom etadigan o‘zgarmas amplitudali alohida
sinusoidal to‘lqin tezligining) ularning uzunligiga va tarqalish sharoitlariga bog‘liq
holda o‘zgarishi hodisasi. Agar uzun to‘lqinli tebranishlar qisqa to‘lqinli
tebranishlardan tezroq tarqalsa, u holda dispersiya me’yorida yoki geometrik bo‘ladi,
agar qisqa to‘lqinli tebranishlar tezligi uzun to‘lqinli tebranishlarning tezligidan katta
bo‘lsa, u holda anomal dispersiya bo‘ladi. Anomal dispersiya elastik tebranishlar
elastik - qovushqoq-plastik muhitda (bunday muhitga beton ham kiradi) tarqalganda
kuzatiladi. Betonda (tuzilishi bir jinsli bo‘lmagan materialda) elastik to‘lqinlarning
tarqalishi yuqorida aytib o‘tilgan to‘lqinlarning qaytishi, sinishi, difraksiyasi va
dispersiyasi jarayonlarining barchasida bir vaqtda kechadi, bu esa ular energiyasining
ancha tarqalib ketishiga sababchi bo‘ladi.
Shuningdek, shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, ultratovush to‘lqinlari qattiq
jismlarda tarqalar ekan, ularda hech qanday o‘zgarishlarni vjudga keltirmaydi, chunki
ularning o‘tishi bilan bog‘liq zichlanishlar juda kichik miqdorini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: