227
Yoriqlar va yaxshi payvadlanmagan joylar ko‘rinishidagi nuqsonlar shup
nuqsonga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida joylashganda yanada aniqroq ko‘rinadi. Bu
holda elektronnurli trubka zkranida ultratovushli nurning maksimal aksi hosil
bo‘ladi. Shupning o‘rnatilishi va nuqson orasida burchak kamaytirilganda qabul
qilinayotgan energiyaning miqdori kamayadi va elektronnurli trubka ekranidagi
signal keskin tushib ketadi. Shupni o‘rnatilishining turli holatlarida ekranda gaz
bo‘shliqlaridan shlakli kirishmalar ko‘rinishidagi nuqsonlar va dumaloq chegarali
boshqa nuqsonlar ko‘rinadi. Agar chokdagi bo‘shliqlari va shlakli va shlakli
kirishmalar to‘plamlar ko‘rinishida uchrasa, defektoskop ekranida bir nechta
signal
paydo bo‘ladi (7.10 - 7.11-rasm).
7.6. Yangi avlod ultratovush asboblari
Mustahkamlikni tekshirish uchun “Pulsar-1.1”
ultratovushli asbob
qurilish ob’yektlarida beton, g‘isht va
boshqa materiallarning (GOST 17624, GOST 24332)
mustahkamligi va zichligini nazorat qilishda, texnologik
nazorat paytida, binolar va inshootlarni tekshirishda
ultratovush tezligining anomal pasayishi bo‘yicha
defektlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan (7.12-rasm).
Asbobning asosiy qo‘llanish sohalari:
-texnologik nazorat paytida beton mustahkamligini
GOST 17624-87 “Betonlar.
Dostları ilə paylaş: