225
Tebranishlar chastotasi:
tn
N
f
=
, formulaga ko‘ra aniqlanadi,
bunda,
N
– o‘lchanadigan tebranishlar davrlari soni;
t
- standart chastota impulsi davrining davomiyligi;
−
n
standart chastota impulslari soni.
Nazorat qilishning rezonons usullari laboratoriya sinovlari uchun va ilmiy –
tadqiqot ishlarini bajarishda keng qo‘llaniladi.
Rezonons sinovlari uchun apparatura sifatida amplitudaviy so‘nish o‘lchagich
IAZ, ICHZ asbobi va boshqalardan foydalanish mumkin.
IAZ asbobi o‘lchash blokidan va kabel liniyali chiqarish elementlaridan iborat.
Asbobning ishlash prinsipi quyidagidan iborat. Sinalayotgan elementda vibrator
yordamida tebranishlar uyg‘otiladi, ular tovush qabul qilgich tomonidan tutib olinadi
va elektr signallariga aylantirilib, ossillografning elektronnur trubkasida qayd
qilinadi. Keyin uyg‘otuvchi tebranishlar chastotasining o‘zgarishiga ko‘ra
sinalayotgan elementning rezonons chastotasi o‘rnatiladi. So‘nuvchi tebranishlar
elektronnurli trubka ekranida oksillogramma ko‘rinishida qayd etiladi. So‘nish
dekrementining qiymati amplitudalar nisbatining logarifmiga ko‘ra aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: