Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
 
 
 
 
 
 
9.5-rasm. Betoning himoya qoplami qalinligini aniqlash uchun IZS-1 asbobi: a-asbobning blok 
sxemasi:
b-tarirovka moslamasi: v-tarirovka grafigi: 1-datchik; 2-kuchaytirgich;
3-kuchaytirgichni ta’mishlash bloki; 4-detektor; 5-indikator; 6-ikki taktli avtogenerator;
7-avtogeneratorning ta’minlash bloki; 8-ramka; 9-armatura sterjeni; 10-ramkaning suriluvchi qismi. 
 
Indikator sifatida M-240-200 mka turidagi mikroampirmetr qo‘llanilgan. 
Asbob datchigi ikki qismdan – qo‘zg‘almas va olinuvchi qismlardan iborat. 
Datchikning olib chiquvchi qismi yog‘och g‘ilofga joylashtirilgan, P- simon 
shakldagi o‘zak ko‘rinishidagi transformator po‘lat listlaridan yig‘ilgan. Asbobning 
ishlash pritsipi datchik zanjirida maxsus vujudga keltirilayotgan nobalanslikni 
koppensatsiyalash usuliga asoslangan. Datchikning qo‘zg‘almas qismidagi 
g‘altaklardan biri yaqinida joylashgan sezgirlik regulatorini surib, birlamchi 
chulg‘amning induktiv qarshiligi o‘zgartiriladi, bu bilan nobalansning boshlang‘ich 
e.yu.k. yuzaga keltiriladi. Datchik qo‘zg‘almas qismining induktiv qarshiligining 
o‘zgarishi datchikning chiqariluvchi qismi buyum armaturasiga yaqinlashtirilganda 
chiqarilgan qismi induktiv qarshiligining o‘zgarishi bilan kompensatsiyalanadi.

 


260 
Shunday qilib, boshlang‘ich elektr yurituvchi kuch nobalansni 
kompensatsiyalash kattaligini o‘zgarishi datchikning chiqariluvchi qismi va buyum 
armaturasi orasidagi masofaning o‘zgarishi bilan ma’lum bir bog‘lanishda bo‘ladi. 
Bu asbob yordamida 0dan 150mm gacha chuqurlikda bo‘lgan armaturaning 
joylashishini aniqlash mumkin.
 
Beton himoya qoplamasi o‘lchagichi “Poisk-
2.5”
temir-beton buyumlar va konstruksiyalarning 
magnit usuli bilan armaturalanishini operativ 
nazorat qilish uchun mo‘ljallangan (GOST 22904). 
Korxonalar va qurilishlarda texnologik nazorat olib 
borishda, shuningdek binolar va inshootlarni 
tekshirishda qo‘llanadi (9.6-rasm). 
Armatura sterjenlarining qidiruvi hamda 
ularning joylashuvini aniqlash asbobning ekstremal 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha konstruksiya sirtini datchik 
bilan skanirlash yo‘li bilan amalga oshiriladi, bunda 
datchik o‘z o‘qi atrofida aylantirib turiladi. 
Asbobning ishlash rejimlari: 
-armatura proyeksiyasini beton yuzida 
aniqlash; 
-diametri ma’lum bo‘lgan armaturaning 
himoya qatlamini o‘lchash; 
-himoya qatlami ma’lum bo‘lgan armaturaning diametrini aniqlash; 
-parametrlari noma’lum bo‘lgan armaturaning diametrini va himoya qatlami 
qalinligini baholash; 
-buyumlar sirtini skanirlash; 
-armaturani chuqurlikda qidirish; 
-o‘lchashlarni amalga oshirishdan oldin avtomatlashtirilgan ravishda kalibrlash; 
-noma’lum markali po‘latga avtomatik rostlash; 
-parallel sterjenlar ta’sirini kompensatsiya qilish. 
Asbob bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga egaki, ularning asosiylari quyidagilar 
bilan tavsiflanadi: 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin