60
Alanga atsetilin, vodorod, yonadigan gaz va boshqalarni yoqish natijasida
olinadi. Alanga harorati 2500
o
S dan oshmaydi, natijada alanga fotometriya usuli
bilan past qo‘zg‘atish potensialiga ega bo‘lgan elementlar aniqlanadi. Bu asosan
ishqorli va ishkorli yer elementlar: litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy, magniy, kalsiy,
stronsiy, bariy, marganes. Hosil bo‘lgan spektrlar juda oddiy. Aniqlanayotgan
elementning monoxromatik nurlanishli modda bilan nurlanishdan alangani ajratish
uchun yorug‘lik filtri, shuningdek, monoxromatorli spektral asboblar (UM-2, SF-4 va
boshqalar) qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: