61
soxalarda – angstrem yoki millimikron; infraqizil sohada –
mikronlarda baxolash
qabul qilingan.
Infraqizil spektroskopiya usuli bilan molekulalar yutilishining tebranish spektri
olinadi. Ushbu spektrlar to‘lqin uzunligi 2-100 mk bo‘lgan spektrning infraqizil
soxasida joylashgan. Molekulalarning tebranish spektrlari murakkab, chunki
molekulaning xar bir tebranishi bir nechta tebranishlarni yuklash natijasi hisoblanadi.
Infraqizil spektrlar (ikspektrlar)da ularning elektrik dipol momenti o‘zgaradigan
molekulalar tebranishi bilan ko‘rinadi.
Infraqizil spektrlar maxsus – infraqizil spektrometrlar (IKS – 11, IKS - 12) va
infraqizil spektrofotometrlar (IKS - 14) apparatlarda olinadi. Asboblarning
asosiy
tarkibiy qismlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: nurlanish manbai, monoxromator va
qayd etuvchi qurilma bilan fotometrik qurilma. Nurlanish manbai sifatida globariy
sterjen (kremniy karbidi Sik) shtifti (sirkoniy aralashmasi, ittriy, toriy,
aralashmalari)dan foydalaniladi. Globar 1200
o
S gacha, shtift esa, 2000
o
S gacha
qizdiriladi.
Monoxromatorning kirish yorig‘i orqali tarqaluvchi bog‘lam
ko‘rinishidagi nurlanish parallel yorug‘lik bog‘lami kvarsli prizmaga (yoki difraksion
rometkaga) yo‘naltiriladigan parabolik oynaga tushadi, keyin dispergirlangan
bog‘lam Littrov oynaga tushadi. Littrov oynasining aylanishi turli to‘lqin uzunligi
bilan nurlanishning aks
etilishi sozlanadi; yana prizmadan o‘tadi, oyna bilan
fokuslanadi va asbobning fotometrik qismiga yo‘llanadi. Oxirgisi modda o‘tgandan
keyin nurlanish yutilish kattaligini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bu namunaning
o‘tishigacha va o‘tgandan keyin nurlanish intensivligini taqqoslash bilan amalga
oshiriladi. Nurlanish intensivligi maxsus – yuqori sezgirli vakuum termoelementlari,
pnevmatik detektorlar va boshqa asboblar yordamida aniqlaydi. Spektrofotometr IKS
– 14 turli moddalar yutilish spektrini bevosita o‘tkazish foizlarda qayd etiladi. Spektr
diagrammali
tasmaga yoziladi, bunda uning shkalasi to‘lqin sonlarida va to‘lqin
uzunliklarida berilgan bo‘lishi mumkin.
Infraqizil spektrlarni olish uslubi quyidagilardan iborat. Material istalgan agregat
holatida o‘rganilishi mumkin. Gazlar yopiq kyuvetlarda, suyuqliklar – maxsus
kyuvetlarda joylashadi. Qattiq jins kukuni poroshoklar bilan birgalikda presslangan
tabletkalar ko‘rinishida o‘rganiladi.