142
4.2. Qurilish konstruksiyalarini sinash uchun stendlarning turlari
Eng oddiy stendlar
. Mayda temirbeton buyumlarni sinashda, shuningdek
qurilish maydonchasi sharoitida sinovlarni o‘tkazish uchun vaqtinchalik
konstruksiyali eng sodda stendlardan foydalaniladi. Bunday stendlar Qisht, beton
yoki yig‘ma temirbeton elementlardan (4.2-rasm) ishlagan ikkita tayanchdan iborat
bo‘ladi. Tayanchlar bir-biridan ma’lum masofada joylashadilar va ularga
sinalayotgan konstruksiyalarni va yuklanish materiallarini o‘rnatish uchun xizmat
qiladi.
Stendning yuk ko‘taruvchiuvchi tayanchlari orasida sinalayotgan
konstruksiyalarning to‘satdan buzilib ketadigan hollarda ehtiyot tayanchlarga ega.
Tayanchlarning balandligi 0,6–1,2 m ga teng qilib qabul qilinadi, bu hol sinalayotgan
konstruksiyaning pastki sirtiga erkin kirishni ta’minlashi kerak.
4.2-rasm. Buyumlarni egilishga sinash uchun eng oddiy stend sxemasi:
1– yuk ko‘taruvchi
tayanchlar; 2–ehtiyot tayanchlar; 3–qo‘zg‘aluvchi tayanch; 4–sharnirli qo‘zg‘almas tayanch;
5–sinalayotgan buyum; 6–yuklar.
Bunday stendlarda sinov yuki sifatida g‘isht, beton bloklar, qumli yashiklar va
boshqa qurilish materiallari foydalaniladi. Sinalayotgan konstruksiyalarni yuklash va
yuksizlantirish juda ko‘p mehnat talab qiluvchi operatsiya hisoblanadi va
yuklanishning vaqt o‘tishi bilan bir tekis taqsimlanishini ta’minlamaydi.
Richaglardan foydalaniladigan stendlar
nisbatan uncha katta bo‘lmagan
yuklashlarga mo‘ljallangan temirbeton buyumlarni sinash uchun mo‘ljallangan va
yuklanish sxemasiga bog‘liq holda bitta (3.4-§ ga qarang), ikkita yoki bir nechta
richag bilan bajariladi. Stend (4.3-rasm) uning chetlari bo‘ylab joylashgan ikkita
temirbeton
tayanchlardan, taqsimlovchi va tayanch metall to‘sinlar, richag va yuklash
platformasidan iborat. Bitta richag mavjud bo‘lganda buyumni yuklash ikki nuqtada
amalga oshiriladi, ikkita richag mavjud bo‘lganda esa to‘rtta nuqtada yuklantiriladi.
Yuklanish richagdan buyumga taqsimlash to‘sinlari orqali uzatiladi.
143
Siqilgan havodan foydalaniladigan stendlar
. Plitalarni va boshqa buyumlarni
bir tekis taqsimlanuvchi yuklanish bilan sinashda siqilgan
havo bilan yuklanadigan
stendlardan foydalaniladi. Stend sinalayotgan plita tayanadigan tayanchlardan, rezina
g‘ilof ichiga olingan rezina ballon ko‘rinishida ishlangan havo kamerasidan, havo
kamerasi ustidan qo‘yiladigan
siquvchi
щitdan, bu щit ustida joylashgan tortqilar va
siqish to‘sinlaridan tashkil topgan. Kamerada bosim kompressor yordamida vujudga
keltiriladi va suvli yoki simobli monometr bo‘yicha aniqlanadi, bu monometr havo
kamerasining shtutseriga shlang yordamida ulanadi. Yuklash kamerdan
buyumga
stendning asosiga tortqilar yordamida mahkamlangan siquvchi
щit va siquvchi
to‘sinlar orqali uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: