Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

Og‘ishlar nomi
Qo‘yimlar, mm
Tayanch uzunligi bo‘yicha 
±
20 
Tashqi diametr bo‘yicha 
±

Devor qalinligi bo‘yicha: yuqori kesimda 
quyi (pastki) kesimda 
±

±
10 
Himoya qatlam qalinligi bo‘yicha 
±

Butun quvurga yon sirtlarning qiyshayishi ko‘pi bilan 
20 
Armaturaning bo‘ylama sterjenlari orasidagi masofa 
±
10 
Spiralning qadami 
±
20 


146 
Tayanchlarni sinashdan oldin GOST 10180-90 (ST SEV 3973-83) ga muvofiq 
nazorat namunlarini sinash natijalariga ko‘ra betonning mustahkamligi tekshiriladi. 
Tayanchlarni sinash vertikal va gorizontal holatlarda amalga oshiriladi (4.6-rasm).
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4.6-rasm. Tashqi yoritish va kontakt tarmoqlarning temir-beton tayanchlarini sinash 
sxemalari:
a–vertikal holatda sinash; b–gorizontal holatda sinash; 1–sinalayotgan tayanch;
2–lebedka (chig‘ir); 3–katokli ostquyma; 4–tros; 5–dina-mometr; 
 6–fiksa-torlar (qayd qilgichlar); 7– poydevorlar. 
Vertikal holatda sinash asosan yangi tayanch konstruksiyalarining 
mutahkamligini va chidamliligini aniqlash uchun, yuklanishni tajribada aniqlash 
uchun va hokazo amalga oshiriladi. Tayanchlarni gorizontal holatda sinash asosiy 
hisoblanadi va qayd qilgichi (fiksatori) bo‘lgan ikkita poydevor bilan jihozlangan 
maxsus stendlarda amalga oshiriladi. Tayanchlarni yuklantirish lebedkalar (chiQirlar) 
yordamida, yuklanish kuchini nazorat qilish dinamometrlar yordamida amalga 
oshiriladi.
Tyubinglarni sinash uchun stendlar.
Yer osti qurilishida tonnellarga, 
shaxtalarning stvollariga va hokazolarga ishlov berish (bezatish) uchun 
foydalaniladigan tyubinglarni sinash uchun maxsus stendlar ishlab tayyorlangan. 
Stendlar tyubinglardan foydalanishda ularga ta’sir etadigan tuproq bosimini ma’lum 
darajada o‘xshatishga imkon beruvchi domkrat qurilmalari sistemasi bilan 
jihozlanadi.


147 
Metrolar yuradigan tonnellarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan tyubinglarni 
sinash uchun kuchli gidravlik domkratlar bilan jihozlangan maxsus halqali stend ishlb 
chiqilgan. Stend (4.7-rasm) devorining qalinligi 1150 mm va balandligi 3700 mm 
bo‘lgan temirbeton halqa ko‘rinishida ishlangan tayanch qismidan, oltita metall 
taqsimlash yostiqlaridan va o‘n ikkita 200 tonnali domkratlardan tashkil topgan. Bir-
birining ustiga joylashtirilgan uchta halqa sinovdan o‘tkaziladi, bu halqalarning har 
biri oltita asosiy va bitta qulf blokidan yig‘iladi. 
Stendning tayanch konstruksiyasi va bezaklarning xalqalari orasidagi bo‘shliq 
butun balandligi bo‘yicha qum bilan to‘ldiriladi. Halqaning yuklash sektorida 
zo‘riqishlarni bir tekis taqsimlash uchun halqalarning har bir qatori qarshisiga 
ikkitadan taqsimlash yostiqlari joylashtiriladi. Har bir yostiq ikkita domkratdan 
keladigan zo‘riqishni qabul qiladi va uni oraliqdagi qum qatlami orqali bezak 
halqasiga uzatadi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin