145
sinashda mustahkamliligini saqlash uchun raschalkali ustunchalar va ehtiyot
tayanchlaridan iborat.
4.5-rasm. Fermalarni ishchi holatida sinash uchun stendning sxemasi:
1–kuch plitasi;
2–sharnirli – qo‘zg‘almas tayanch; 3–qo‘zg‘aluvchi tayanch; 4–bo‘ylama traversa;
6–sinalayotgan konstruksiya; 7–gidrodomkrat; 8–torqi; 9–ehtiyot tayanch.
Mexanizatsiyalashtirilgan stendlar.
Mexanizatsiyalashtirilgan stendlar yirik
temirbeton konstruksiyalarning, fragmentlarining va inshootlar modellarining
naturada sinash imkoniyatini ta’minlovchi eng mukammal qurilma hisoblanadi.
Mexanizatsiyalashtirilgan stend murakkab konstruksiyalar va uzellarni sinash
uchun hamda ularni sinov mashinalari, gidravlik domkratlar, richagli qurilmalar va
gravitatsion yuklanish yordamida kombinatsiyalangan yuklanish bilan sinash uchun
foydalanilishi mumkin.
Tayanchlarni sinash uchun stendlar.
Tashqi yoritish va kontakt tarmoqlarning
tayanchlarini sinash uchun har bir partiyadan taxlamning turli joylaridan 5% namuna
(ammo 3 donadan kam emas) tanlab olinadi. Namunalarni tanlab olishda loyihadagi
o‘lchamlardan og‘ish kattaligi, armaturaning himoya qatlami qalinligi, tayanchning
yon sirtlari teng emasligi va qiymati tekshiriladi. Aniqlangan og‘ishlar 4.1-jadvalda
keltirilgan kattaliklardan ortiq bo‘lmasligi kerak.
4.1-jadval
Dostları ilə paylaş: