4.4. Tajriba ma’lumotlariga ishlov berish
Sinov materiallari: asboblarning ko‘rsatishlari, yoriqlarning rasmini chizish va
yoriqlarni o‘lchash, mahalliy buzilishlar, materiallarning va konstruksiyaning
o‘zining mustahkamlik va deformatsion tavsiflariga ishlov berish natijalarni olish va
sistemalashtrish uchun amalga oshiriladi, ulardan foydalanib, sinovlarni o‘tkazish
jarayonining butun davri jarayonida konstruksiyaning yuklanish ostidagi ishini tahlil
qilish mumkin bo‘ldi.
151
4.8-rasm. Konstruktsiyalarning
yuklanishdan egilishlarining bog‘lanish
grafigi.
Sinov natijalariga ishlov berish dala sharoitlarida konstruksiyalar sinaladigan
joyda (qisman ishlov berish) va maxsus xonalarda (kameral ishlov berish) amalga
oshiriladi. Tajriba ma’lumotlariga grafik ishlov berish konstruksiyaning sinovning
ayrim bosqichlari konstruksiyaning holatini tahlil qilish imkonini beradi.
Tajriba ma’lumotlarini sinov natijlari bo‘yicha grafik yasash konstruksiya
egilishining grafiklari va epyuralarini; deformatsiyalarni yuklanishga bog‘liqligi
grafiklari; kuch ekssentrisitetlari grafiklarini; yuklanishdan deformatsiyalarning
taqsimlanishi epyuralari; sinalayotgan konstruksiya kesimlarining burilish
burchaklari grafiklari; po‘lat uchun «zo‘riqish-deformatsiya» diagrammalari; beton
deformatsiyalarining zo‘riqishlarga bog‘liqligi grafiklari va prizmatik beton
namunalari bo‘yicha betonning elastiklik modulining ortishi grafiklarini o‘z ichiga
oladi. Tajriba natijalariga ishlov berishga, shuningdek o‘ziga xos yoriqlarni ochib
berish jadvali berilgan yoriq hosil bo‘lishi sxemalarini tuzish va asboblarni
joylashtirgan holda konstruksiyani sinashning ijrochi sxemalarini tuzish;
armaturaning joylashuvi bilan konstruksiyaning haqiqiy kesimlarini chizish; beton va
po‘latning nazorat namunalarini sinash bayonnomalarini tuzish; sinov natijalarini
yig‘ma jadvalini tuzish kiradi.
Sinash vaqtida konstruksiyaning siljishlari bo‘yicha ma’lumotlar sinovlar
vedomostlariga kiritiladi va ishlov beriladi.
Vedomostlarda yozilgan va ishlov berilgan, asboblarning ko‘rsatishlarga ko‘ra
kameral ishlov berilgan materiallar
maxsus formatkalarda (standart varaq
o‘lchamida bo‘lishi maqsadga muofiq)
grafiklar, epyuralar va diagrammalar
ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Masalan, P-4 va P-11
progibomer (egilish o‘lchagich)
larning ishlash grafigi egilishlar
kattaliklari
f
ning yuklanish
R
ga
bog‘liqligi ko‘rinishida (4.8-rasm) yoki
egilishning taqsimlanishi va ortishi
epyurasining yuklanishga bog‘liqligi (4.9-rasm) ko‘rinishida ko‘rsatilgan. Egilishlar
grafiklari bo‘yicha cho‘zilgan betonda yoriqlar vujudga kelishi va uning cho‘zilishga
|