150
GOST 8829-94 ga muvofiq S kattalik konstruksiyaning buzilishi tavsifiga
bog‘liq holda og‘ir va yengil betonlar uchun statik sinovda kamida quyidagicha
bo‘lishi kerak: bo‘ylama cho‘zilgan armaturaning oquvchanligida va siqilgan
hududdagi betonning maydalanishida bo‘ylama cho‘zilgan armaturaning
oquvchanligi bilan bir vaqtda — 1,4; bo‘ylama armatura uzilganda, siqilgan
hududdagi beton maydalanganda yoki uning qiya yoriqlar bo‘yicha buzilishida,
shuningdek armatura tortib olinganda va betonning chetlari yorilganda — 1,6.
Bikrlik sinalayotgan konstruksiyani me’yordagi yuklaish bilan yuklantirishda
uning oralig‘i o‘rtasida paydo bo‘ladigan egilishi kattaligi bilan tavsiflanadi. Agar
konstruksiya me’yordagi yuklanish bilan yuklantirilganda haqiqiy egilish kattaligi
nazariy egilish kattaligidan 10% dan ko‘proqqa ortiq bo‘lmasa, u holda konstruksiya
bikrlik talablariga javob beradi.
Agar konstruksiyada dastlabki yoriqlarning paydo bo‘lishi hisobdagi yoki
me’yordagi yuklanishlardan ortadigan (yorilishga bardoshlikning birinchi va ikkinchi
toifasi uchun) yuklanishlarda yuz bersa, va me’yordagi yuklanishda yoriqlarning
ochilishi 0,1–0,2 mm dan ortiq bo‘lmasa, (yorilishga bardoshlikning uchinchi
toifasidagi konstruksiyalar uchun), u holda konstruksiya yorilishga bardoshlik
bo‘yicha sinovdan o‘tgan deb hisoblanadi.
Konstruksiya sinalgandan so‘ng konstruksiyaning buzilgan qismlari,
shuningdek o‘ziga xos yoriqlar paydo bo‘lgan uchastkalar, fotosuratga olinadi, tajriba
ma’lumotlari ishlovdan o‘tkaziladi va sinovlar to‘g‘risida hisobot tuziladi.
Hisobotda konstruksiyaning nazariy hisob-kitobi amalga oshiriladi, sinash
uslubini tanlash asoslanadi, shuningdek konstruksiyaning mustahkamligini, bikrligini
va yorilishga bardoshligini baholab xulosalar chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: