Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. Prujinali dina-mometr



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

3.29-rasm. Prujinali dina-mometr: 
a–umumiy ko‘rinish; b–kinematik sxema; 1–yarim elliptik prujinalar; 2–korpus bilan bikr 
biriktirilgan tortqi; 3–ko‘chuvchi tortqi; 4–tishli sektor; 5–tishli g‘ildirak; 
6–ko‘rsatkich strelka. 
Gidravlik presslar.
Mayda temirbetonlar buyumlar va detallarni, shuningdek 
yirik konstruksiyalar namunalarini siqishga yoki egilishga statik sinsh uchun 
siqishdagi yuklanishi 10 dan 500 T gacha bo‘lgan PSU turidagi gidravlik presslar 
foydalanilishi mumkin. Bunday maqsadlar uchun shuningdek, chegaraviy yuklanishi 
10 dan 200 T gacha bo‘lgan UMM turidagi statik sinovlar uchun universal sinov 
mashinalari foydalanilishi mumkin, shuningdek maksimal statik yuklanishi 20 dan 
200 T gacha bo‘lgan MUP turidagi statik va dinamik sinovlar o‘tkazish uchun 
universal sinash mashinalari foydalanilishi mumkin.
 
 
 
 
 
3.30-rasm. Gidravlik 
dinamometr sxemasi:
1–
porshen; 2–silindr; 3–moy 
quvuri; 4–uzatuvchi qurilma 
silindri; 5–porshen; 6–prujina;
7–ko‘rsatkich richag; 8–yozib 
oluvchi qurilmaning barabani;
9–shkala. 


136 
 
 
 
 
 
 
 
3.31-rasm. Elektr uzatmali dinamometr sxemasi:
1–tortuv; 2–richag; 3–tishli sektor;
4–tishli g‘ildirak; 5–tasma; 6–polzunok; 7–kontakt plastinalar. 
Biroq, yirik temirbeton konstruksiyalarni, panellarni, to‘sinlarni rigellarni, 
fermalarni va boshqa konstruksiyalarni sinash uchun bo‘ylama egilishda 125 dan 500 
T gacha chegaraviy yuklanishda PMM turidagi gidravlik preslardan foydalaniladi. 
Bunday mashinalarning texnik xarakteristikasi 3.3-jadvalda keltirilgan. 
Bu turdagi presslar ko‘pincha gidravlik jufti yuqorida joylashgan ikki yoki to‘rt 
kolonnali o‘ziyurar sinov mashinalari ko‘rinishida ishlanadi. Bunday yechimga misol 
tariqasida PSG-100 turidagi sinov mashinasi xizmat qilishi mumkin bo‘lib, bunday 
mashina boshqrish pulti bilan birga bitta agregatda to‘plangan va harakatlanuvchi 
aravachaga montaj qilingan (3.32-rasm). Mashinaning asosisda uning harakati 
yo‘nalishiga 45° burchak ostidagi tekislikda tiraluvchi vint rezbali ikkita ustun 
mahkamlangan, bu ustunlar yuqori tomondan o‘zaro ko‘ndalang to‘sin bilan 
biriktirilgan. Ustunlar bo‘yicha ishchi silindr plunjeri mahkamlangan traversa 
harakatlanadi. Silindrga moy uzatilganda silindr pastga qarab ko‘chiydi va sferik 
tovonli plita orqali sinalayotgan konstruksiyaga ta’sir ko‘rsatadi. Ishchi silindr 
egiluvchan moyquvurlari yordamida boshqarish pultida joylashgan moy nasosi bilan 
tutashtirilgan. Moyatnikli kucho‘lchagich, bosim stabilizatori, diagramma apparati, 
nasos qurilmasi va elektrqurilma joylashgan shkaf o‘sha yerda joylashgan. 
Traversaning vintli ustunlar bo‘yicha ko‘chishi traversaning o‘ziga montaj qilingan 
mexanik yuritma yordamida amalga oshiriladi. Mashinaning stend bo‘ylab ko‘chishi 
uchun elektromexanik yuritma bilan harakatga keltiriluvchi kataklar 
(yumalatgichlar)dan foydalaniladi. 


137 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin