136
3.31-rasm. Elektr uzatmali dinamometr sxemasi:
1–tortuv; 2–richag; 3–tishli sektor;
4–tishli g‘ildirak; 5–tasma; 6–polzunok; 7–kontakt plastinalar.
Biroq, yirik temirbeton konstruksiyalarni, panellarni, to‘sinlarni rigellarni,
fermalarni va boshqa konstruksiyalarni sinash uchun bo‘ylama egilishda 125 dan 500
T gacha chegaraviy yuklanishda PMM turidagi gidravlik preslardan foydalaniladi.
Bunday mashinalarning texnik xarakteristikasi 3.3-jadvalda keltirilgan.
Bu turdagi presslar ko‘pincha gidravlik jufti yuqorida joylashgan ikki yoki to‘rt
kolonnali o‘ziyurar sinov mashinalari ko‘rinishida ishlanadi. Bunday yechimga misol
tariqasida PSG-100 turidagi sinov mashinasi xizmat qilishi mumkin bo‘lib, bunday
mashina boshqrish pulti bilan birga bitta agregatda to‘plangan
va harakatlanuvchi
aravachaga montaj qilingan (3.32-rasm). Mashinaning asosisda uning harakati
yo‘nalishiga 45° burchak ostidagi tekislikda tiraluvchi vint rezbali ikkita ustun
mahkamlangan, bu ustunlar yuqori tomondan o‘zaro ko‘ndalang to‘sin bilan
biriktirilgan. Ustunlar bo‘yicha ishchi silindr plunjeri mahkamlangan traversa
harakatlanadi. Silindrga moy uzatilganda silindr pastga qarab ko‘chiydi
va sferik
tovonli plita orqali sinalayotgan konstruksiyaga ta’sir ko‘rsatadi. Ishchi silindr
egiluvchan moyquvurlari yordamida boshqarish pultida joylashgan moy nasosi bilan
tutashtirilgan. Moyatnikli kucho‘lchagich,
bosim stabilizatori, diagramma apparati,
nasos qurilmasi va elektrqurilma joylashgan shkaf o‘sha yerda joylashgan.
Traversaning vintli ustunlar bo‘yicha ko‘chishi traversaning o‘ziga montaj qilingan
mexanik yuritma yordamida amalga oshiriladi. Mashinaning stend bo‘ylab ko‘chishi
uchun elektromexanik yuritma bilan harakatga keltiriluvchi
kataklar
(yumalatgichlar)dan foydalaniladi.