Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


IV BOB. KONSTRUKSIYALARNI STATIK YUKLANISH BILAN SINASH



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

IV BOB. KONSTRUKSIYALARNI STATIK YUKLANISH BILAN SINASH 
4.1. Konstruksiyalarni tanlab olish va sinashga tayyorlanish
Temirbeton konstruksiyalarning davlat standartlari va texnik shartlar 
talablariga mos kelishni aniqlash uchun temirbeton konstruksiyalarni tayyorlashda 
ularning mustahkamligini, bikrligini va yorilishga bardoshligini aniqlash uchun 
konstruksiyalar sttik sinovdan o‘tkaziladi. 
Sinovlar uchun konstruksiyalarni ajratib olish har bir partiyadan kamida 1% 
miqdorida olib boriladi. Agar bir partiyada 200 donadan kam mahsulot bo‘lsa, 
kamida 2 donasi sinaladi. Konstruksiyalarni sinashga ajratib olishdan oldin 
pasportlari ko‘rib chiqiladi va tashqi ko‘rinishi talablariga javob bermagan yoki 
boshqa buyumlarga nisbatan ancha past sifatga ega boshqa belgilar bo‘yicha 
talablarga javob bermagan bir nechta buyum ajratib olinadi. Keyin betonning 
mustahkamligi bevosita konstruksiyada 95% holatda haqiqiy mustahkamlikdan ko‘pi 
bilan +15% og‘ishni ta’minlaydigan buzmaydigan usullar bilan tekshiriladi. Shuni 
ta’kidlab o‘tish kerakki, bitta buyumda betonning hajmi 1,5m
3
va undan ortiq 
bo‘lganda buzmaydigan usullar hamma buyumlar tekshirilishi amalga oshiriladi. 
Ajratib olingan konstruksiyalarga dalolatnoma tuziladi, unda 
konstruksiyalarning va armatura karkaslarining o‘lchamlari, armatura va betonning 
mexanik mustahkamligi, konstruksiya tayyorlangan sana, aniqlangan nuqsonlar va 
h.k.lar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, bu hujjatga armaturaning joylashishini, 
kanallarni inyeksiyalash sifati va shu kabilar ko‘rsatilib yashirin ishlarga dalolatnoma 
ilova qilinadi. 
Butun partiyaning hisobiy qarshiligini qabul qilish uchun partiyaga betonining 
mustahkamligi shu partiyaga kirgan barcha buyumlarning o‘rtacha mustahkamligidan 
10% dan ortiq pasaymaydigan buyumlar va konstruksiyalar kiritilishi kuzatilib 
boriladi. Betonining mustahkamligi o‘rtacha mustahkamlikdan kamayish tomoniga 
qarab ko‘pi bilan 10% oQadigan buyumlar mustahkamligi ancha past partiya 
tarkibiga kiritiladi. 
Sinashdan avval konstruksiyaning ishlash sharoitlarini, sinovchi jihozlarning 
va nazorat o‘lchov asboblarining mavjudligi hisobga olgan holda uni o‘tkazish uslubi 
ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, asboblarni joylashtirish sxemasi va kuzatishlarni 
yozish uchun jurnal tuziladi. 


141 
Konstruksiyani yuklantirish sxemasi GOSTlar va texnik shartlar talablariga 
mos bo‘lishi kerak. Panellar, tekis va qovurg‘ali plitalar va boshqalar uchun bir tekis 
taqsimlangan yuklanish uchun o‘lchovli buyumlar (to‘sinlar, rigellar, progonlar va 
h.k.lar) uchun ikki yoki to‘rtta yuk ko‘rinishidagi jamlangan yuklanish qabul qilinadi 
(4.1-rasm). Sinovlar stendlarda konstruksiyaning vertikal va gorizontal holatida, 
shuningdek, maxsus richagli moslamalar yordamida o‘tkazilishi mumkin. 
Orasiga harakatlanuvchi katoklar joylashgan qistirmalar qalinligi 20-30 mm ga 
teng bo‘lgan list po‘latdan ishlanadi va sinalayotgan konstruksiya bilan zich 
jipslashishi uchun mustahkamligi yuqori bo‘lgan sement qorishmasi yordamida 
biriktiriladi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin