144
Plitalarni sinash uchun stendlarning konstruksiyasi
plitalarning turiga,
sinovlarning ko‘rinishi va maqsadlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.
Barqaror sinash stendlari odatda ilmiy tadqiqot tashkilotlarda, yig‘ma temirbeton
zavodlarining
ishlab chiqarish korpuslarida, tayyor mahsulot
omborlarida yoki
sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus xonalarda joylashtirildi. Tayyor
mahsulot omborxonalarida joylashgan stendlar havo
temperaturasi faqat musbat
bo‘lganda ishlatiladi.
Plitalar va panellar ish sharoitiga bog‘liq holda egilishga to‘plangan
yuk bilan
yoki bir tekis taqsimlangan yuk bilan siqilgan havo bilan to‘ldiriladigan rezina
ballondan
foydalangan holda, vertikal
yoki gorizontal yuklar bilan, shuningdek
vertikal va gorizontal yuklarning birgalikdagi ta’siri bilan tekshiriladi.
Plitalar va panellarni sinash temirbeton kuch plitasi bilan maxsus stendda
amalga oshiriladi. Stend ikki tayanchdan — sinalayotgan konstruksiyaning burilishi
va erkin gorizontal ko‘chishini ta’minlovchi harakatlanuvchi va sharnirli-qo‘zg‘almas
tayanchlardan, bo‘ylama va ko‘ndalang to‘sinlardan, tortqi
va ehtiyot tayanchlardan
iborat (4.4-rasm). Plitani yuklantirish gidrodomkratlar yordamida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: