Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. Yoriqlarni o‘lchash uchun asboblar



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

3.23-rasm. Yoriqlarni o‘lchash uchun asboblar:
a–sanoq mikroskopi; b–shup; v–yoriqning 
ochilishi kengligini lupa bilan o‘lchash; 1–yoriq; 2–lupa shkalasidagi bo‘limlar. 


130 
Yoriqlarni o‘lchash birinchi navbatda doimiy moment zonasida to‘plangan 
yuklanishda va yuklanish bir tekis taqsimlanganda konstrukiyaning uchinchi qismi 
o‘rtasida amalga oshiriladi. Yoriqlarni o‘lchash har bir yuklanish bosqichidan keyin, 
lekin kamida bir bosqich oralatib olib boriladi. 
 
3.4. Konstruksiyalarni yuklantirish uchun qurilmalar 
Konstruksiyalarni sinash vaqtida yuklantirish turli xil yuklantiruvchi 
moslamalar, mashinalar va uskunalar yordamida sinalayotgan konstruksiyaning turi 
va sinash maqsadlariga bog‘liq holda amalga oshiriladi. 
Yopma plitalar va panellarni bir tekis taqsimlangan yuklanish bilan amalga 
oshiriladigan sinashda konstruksiyani yuklantirish donabay yuklar, suv, sochiluvchi 
materiallar, shuningdek siqilgan havo bilan amalga oshiriladi. 
Donabay yuk sifatida cho‘yan, temirbeton yoki G‘isht bloklaridan 
foydalaniladi, ular butun balandlik bo‘yicha vertikal oraliqlar bilan simmetrik taxlab 
chiqiladi (3.24-rasm). Donabay yuklarning o‘lchamlari sinalayotgan buyumlar 
ravog‘ining 1/6 qismidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Yuklar odatda standart og‘irlikka 
ega bo‘ladi va tutuvchi moslamalar bilan ta’minlanadi. Yuklarni taxtlash zarbalarsiz, 
turtkilarsiz va sitashlarsiz, ishlash havfsizligini ta’min-lovchi va taxtlangan 
yuklarning ag‘anab ketishi-ning oldini oluvchi barcha chora-tadbirlarga rioya 
qilingan holda amalga oshiriladi. 
Buyumlarni sochiluvchi materiallar, qum, qumtosh aralashmalari va shu 
kabilar bilan yuklantirishda ular maxsus yashiklarga solinadi, yashiklar esa buyum 
ustiga o‘rnatiladi. Sinalayotgan buyum oraligida yashiklar ravoq o‘rtasida kamida 0,1 
oraliq kengligida butun balandlik bo‘yicha tirqish (zazor) qoldirib o‘rnatiladi. 
Yashiklarni yuklantirish bir tekis qatlamlar bilan amalga oshiriladi. Buyumlarni suv 
bilan yuklantirishda uning uchun mavjud idishlar moslashtiriladi yoki maxsus metall 
yashiklar tayyorlanib, ular konstruksiyalarning ustiga o‘rnatiladi. Konstruksiyalarni 
suv bilan yuklantirish sochiluvchi va donabay yuklarga nisbatan ancha bir tekis 
amalga oshiriladi. Biroq, suvdan foydalanish ayrim kamchiliklarga ham ega. 
Idishlardan suv sizib chiqqanda sinalayotgan konstruksiyalarning namlanishi 
maqsadga muvofiq emas, og‘ma tekislikka ega konstruksiyalarni yuklantirish uchun 
suvdan har doim ham foydlanib bo‘lavermaydi va h.k. 


131 
Konstruksiyalarni suv, donabay yuklar va sochiluvchi materiallar bilan 
yuklantirish ko‘p mehnat talab etadigan va unumi kam jarayon bo‘lib, 
mexanizatsiyalash qiyin va sinovlarni o‘tkazishda har doim ham zarur aniqlikni 
ta’minlayvermaydi. 
Richagli qurilmalar.
Donabay yuklar miqdorini kamaytirish uchun ko‘pincha 
konstruksiyani yuklantirish uchun richagli qurilmalar va moslamalardan foydalanildi. 
Richagli qurilmalar ularga sinov yuklarini joylashtirish uchun richaglar va osma 
platformalardan iborat bo‘ladi (3.25-rasm). Richaglar yelkalarining nisbati 1:3 dan 
1:8 gacha bo‘lgan bikr po‘lat to‘sinlardan tayyorlanadi. 
Richagli qurilmani montaj qilishda yukli platfrmaning ikkala tayanish nuqtasi 
va osilish nuqtasi bitta to‘g‘ri chiziqda turishi lozim. Bosimni richagdan buyumga 
uzatish katok yoki maxsus markazlovchi qistirma orqali amalga oshiriladi. 
Konstruksiyalarni sinash uchun richagli qurilmalarning qo‘llanilishi 
yuklantiruvchi material og‘irligini kamaytirsa ham, biroq platformalarni yuklash va 
yuksizlashdek ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayonni istisno qilmaydi. Shu munosabat 
bilan richagli qurilmalar dala sharoitida uncha katta bo‘lmagan konstruksiyalarni 
sinash uchun va maxsus sinov qurilmasi bo‘lmaganda foydalaniladi. 
Gidravlik domkratlar.
Konstruksiyalarni yuklantirish uchun gidravlik 
domkratlar keng tarqildi. Ular, katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lib, 
konstruksiyalarning bir tekis yuklantirilishini ta’minlaydi va yuklanish olib borishi 
ustidan uzluksiz nazorat olib borilishini ta’minlaydi. Gidravlik domkratlar zaruriy 
buzuvchi yuklanishni va sinashda konstruksiyaning maksimal darajada yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan egilishlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Domkratning yuk 
ko‘tarish qobiliyati konstruksiyaning buzilishini yuzaga keltiruvi ikki karra 
zo‘riqishdan ortiq bo‘lmasligi kerak, porshenning yo‘li esa konstruksiyani 
buzilishgacha olib borish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Agar kutilayotgan egilishlar 
kattaligi porshenning to‘la yurishidan katta bo‘lsa, u domkratni qistirmalarga 
o‘rnatish bilan oshirilishi mumkin. Domkratlarda zarur bosimni ta’minlash chun 
domkratlarga montaj qilingan nasoslardan, yoki NSR-400, NSP-400 va boshqa 
turdagi nasos stansiyalaridan foydalaniladi. Domkratlardagi bosimni nazort qilish 
monometrlar yordamida amalga oshiriladi. Sinovlarni o‘tkazishdan oldin gidravlik 
domkratlar nasoslar va monometrlar bilan birgalikda ta’minlanishi kerak. Gidravlik 
domkratlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar 3.2-jadvalda keltirilgan. 


132 
3.2-jadval 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin