129
Yoriqlarni o‘lchash.
Temirbeton konstruksiyalarni sinashda
yoriqlar paydo
bo‘lishini diqqat bilan kuzatish zarur. Konstruksiyani ko‘zdan kechirish va paydo
bo‘layotgan yoriqlarni o‘lchash 2,5 marta kattalashtiruvchi lupa yordamida yoki
ob’yektivli silindrik trubkadan iborat MPB-2 sanoq
mikroskopi yordamida amalga
oshiriladi. Trubka ichida, ob’yektiv va okulyar orasida bo‘lim qiymati 0,1 mm
bo‘lgan shkala joylashgan, mikroskopning 24-karra kattalashtirishi esa yoriqlarning
chetlarini osongina aniqlashga va ularni o‘lchashga imkon beradi (3.23-rasm).
Yoriqlarni shup yordamida ham o‘lchash mumkin. Shup bir o‘qqa
mahkamlangan turli xil qalinlikdagi yupqa po‘lat plastinkalar to‘plamidan iborat. Har
bir plastinkada raqam yozilgan bo‘lib, u uning qalinligiga mos keladi. To‘plamga
qalinligi 0,05 dan 1 mm gacha bo‘lgan 8 tadan 16 gacha plastinalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: