122
Temirbeton konstruksiyalarni uzoq muddatli sinovlarda deformatsiyalarni
aniqlash uchun, o‘lchashlarda oddiy tenzorezistorlar yaroqsiz bo‘lganda,
komparatorlardan foydalaniladi. Komparatorlar optik va mexanik turlarga bo‘linadi.
Tenzorezistorlar va tenzorezistorli apparatura.
Qurilish
konstruksiyalari va
detallarini tadqiq etishda hamda sinashda deformatsiyalarni o‘lchash uchun simli
tenzorezistorlar keng qo‘llaniladi. Deformatsiyalarni tenzorezistor bilan o‘lchash
usulining asosida tenzometrik effekt — deformatsiya vaqtida o‘tkazgichning va
yarimo‘tkazgichning elektr qarshiligining o‘zgarishi yotadi. Simli tenzorezistorda
tenzometrik effekt metall sim elektr qarshiligining elastik deformatsiyada
o‘zgarishidan iboratdir. Bu xossa tenzorezistorning tenzosezgirligi deyiladi.
Tenzorezistorning muhim tavsifi uning tenzosezgirlik koeffitsiyenti
hisoblanadi, u tenzorezistor qarshiligi o‘zgarishining uning
nisbiy deformatsiyasiga
nisbatini ifodalaydi.
Yupqa qog‘oz moslamasiga maxsus elastik yelim bilan yelimlangan bir biriga
yaqin joylashtirilgan bir nechta konstantan sim halqalardan (panjara ko‘rinishida)
iborat simli tenzorezistorlar juda keng tarqalgan (3.21-rasm). Sim panjara (to‘r)ning
uchlariga elektromontajda qulaylik uchun diametri 0,1-0,2 mm va uzunligi 20–30
mm bo‘lgan mis sim ko‘rinishidagi tokeltuvchilar kovsharlab qo‘yiladi. Tenzorezistor
yuqori tenzosezgirlikka, yuqori solishtirma qarshilikka va kichik
temperatura
koeffitsiyentiga ega bo‘lishi kerakligi uchun odatda tenzorezistor panjaralari diametri
0,12–0,3 mm bo‘lgan mis bilan nikel (konstantan, edvans, elinvar va boshqalar)
qotishmalaridan tayyorlanadi. Tenzorezistorning ijobiy sifatlariga quyidagilar kiradi:
deformatsiyalarni konstruksiyaning sirtida ham, ichida ham bevosita qayd
etish
mumkinligi; deformatsiyalarni o‘lchashning yuqori aniqligi; yuklanishning barcha
bosqichlarida, hatto konstruksiya materialining oquvchanligigacha (materilning
oquvchanligida tenzorezistorning ko‘rsatishlari suzadi) deformatsiyalarni o‘lchash
mumkinligi; datchikni tekshirilayotgan konstruksiyaga o‘rnatishning nisbatan
osonligi va uni mexanik asboblarni o‘rnatish mumkin bo‘lmaydigan
joylarga
o‘rnatish mumkinligi; ham statik, ham dinamik yuklanishlarda bo‘lgan
konstruksiyalarning turli xil detallari va elementlarining
deformatsiyalarini tadqiq
etish mumkinligi; massasi kichik va o‘lchamlari ham kichik simli tenzorezistorlarni
tayyorlashning nisbatan osonligi va arzonligi.