3.3.1. Ko‘chishlarni aniqlash
Konstruksiyaning bir nuqtasini uning qo‘zg‘almas bir boshqa nuqtasiga
nisbatan ko‘chishini o‘lchash uchun, ya’ni egilishlarni o‘lchash uchun oddiy
moslamalar va maxsus asboblardan foydalanish mumkin. Ular sinashlarning talab
etilgan aniqligini, mumkin bo‘ladigan egilish kattaligini va boshqa omillarni hisobga
olgan holda tanlab olinadi.
Katta o‘lchash aniqligi talb etilmagan va egilish ancha katta qiymatga yetgan
hollarda oddiy moslamalar va qurilmalar qo‘llaniladi. Bunda ikkita reykadan
foydalaniladi, ulardan biri qo‘zg‘almas, ikkinchisi tekshirilayotgan konstruksiyaga
mahkamlangan bo‘lib, u bilan birga ko‘chiydi. Ikkala reykaga chizilgan to‘g‘ri
chiziqlar bir biriga nisbatan ko‘chishiga qarab, egilishning kattaligi to‘g‘risida fikr
yuritiladi (3.10-rasm).
3.10-rasm. Eng sodda moslamalar yordamida egilish kattaligini aniq
lash sxеmasi: a–ikkita
rеya yordamida; b–planshеt yordamida; 1–qo‘zg‘almas rеyka; 2–qo‘zg‘aluvchi rеyka;
3–r
еykalardagi to‘g‘ri chiziq; 4–sinalayotgan buyum; 5–strubtsina; 6–qalam;
7–plansh
еt qog‘ozi bilan.
116
3.11-
rasm. N.N.Maksimov progibomеri
(egilishni o‘
lchagichi)ning sxеmasi:
1–korpus; 2–shkiv; 3–disk; 4–ko‘rsatkich
str
еlka; 5–shkala; 6–rolik; 7–diskning
aylanish o‘qi; 8–rostlovchi vint; 9–rolikni
diskka sig‘uvchi disk.
Yanada aniq natijalarni olish uchun maxsus o‘lchov asboblaridan
foydalaniladi. Bunday asboblar qatoriga Aistov, Yemelyanov, Maksimovning
progibomerlari (egilishni o‘lchagichlari) va boshqalar kiradi. Ular orasisda Maksimov
progibomeri keng qo‘llanilmoqda. U korpusdan (3.11-rasm) iborat bo‘lib, uning
ichida o‘qda aylanuvchi shkiv bilan mahkam biriktirilgan disk joylashgan. Disk
kichik rolik bilan biriktirilgan bo‘lib, uning o‘qi ko‘rsatkich strelka bilan tugaydi.
Progibomerning shkalasi 100 bo‘limga ajratilgan, bu konstruksiyaning 1 sm ga
chiziqli ko‘chishiga mos keladi. Progibomer sinalayotgan konstruksiyaga strubsina
yordamida mahkamlanadi. Asbobning shkifi orqali ingichka sim o‘tkazilib, uning bir
uchi konstruksiyaga mahkamlanadi (agar asbob ustunda joylashtirilgan bo‘lsa) yoki
qo‘zg‘almas nuqtaga mahkamlanadi (agar asbob konstruksiyaning o‘ziga
mahkamlanib o‘rnatilsa), ikkinchi uchiga esa yuk osiladi (3.12-rasm). Egilish paydo
bo‘lganda sim shkifni aylantiradi, u esa disk va u bilan biriktirilgan rolik yordamida
strelkani buraydi. Uncha katta bo‘lmagan ko‘chishlarni (10 mm gacha) o‘lchash
uchun progimomer sifatida o‘lchash texnikasida keng tarqalgan indikatordan
foydalanilishi mumkin (3.13-rasm). Bu indikator tishli kesim bo‘lgan metall sterjen
o‘tkazilgan korpusdan iborat. Sterjen o‘z o‘qi bo‘ylab ko‘chib, tishli sektorni va tishli
g‘ildirak
(shesternya)ni aylantiradi, shesternya ko‘rsatkich strelka bilan
birlashtirilgan.
|