Iyun tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni abdullayeva Nigora Raximovna



Yüklə 430,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix05.12.2023
ölçüsü430,33 Kb.
#173361
1   2   3
Konferensiya-2023-IYUN-1-qism-181-183

182 
2023 IYUN 
oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi 
bo‘lgan bolalar bog‘chalari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘zini talab 
va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan 
talablarni amalga oshirishning garovidir.
Bunga quyidagilar kiradi:
1.
Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustaqkamlash.
2.
Aqliy qobiliyatini o‘stirish.
3.
Milliy qadriyatimiz va ma’naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy tamoyillariga mos 
keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.
4.
Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish.
5.
Yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik va 
mehnatsevarlikni 
tarkib 
toptirish.
Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o‘sib kelayotgan yosh avlodni 
tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Lekin tarbiyachi ishlarga 
asoslanib, bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash ishini ma’lum bir maqsad 
bilan samaraliroq amalga oshirish mumkin. Bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi 
alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida 
javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, 
o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan 
muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan 
o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini 
namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z 
vaqtida yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi. 
Bolani tarbiyalash nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo‘lib, juda qadimdan ushbu 
faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim 
tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi o‘zining 
ma’naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a’zolari o‘rtasida yuksak hurmat 
ehtiromga sazovor bo‘lgan kishilar, ya’ni donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgandir. 
Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini 
emas, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. 
O‘zbekiston Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni ma’naviy qiyofasi, aqli 
salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda.
Yuqoridagi qayd etilgan fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan 
qo‘yilayotgan talablarning naqadar muhimligini anglash lozim. Demak, tarbiyachi-maxsus 
pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilimli va yuksak fazilatli shaxs 
sanaladi. Shuning uchun zamonaviy tarbiyachi murabbiy qiyofasida quyidagi fazilatlarni 



Yüklə 430,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin