Shu bilan birga narsa-buyumlarning o‘zini ko'rsatish, namoyish etish eh-
tiyoji yuqori.
Hikoya -
o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish
imkonini beruvchi og‘zaki uslublardan biri. Hikoyada turli mazmundagi
bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik
voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi
mumkin.
Ta’lim metodlari vausullari
O g 'zak i
K o‘rgazm ali
A m aliv
^ Hikoya
^ Kuzatish
^ M ashq
> Suhbat
^ K o‘rgazmali vositalarni
^ Tajriba
Badiiv adabiyoto‘qish (rasmlar, diafilmlar,
slaydlar,
^ M odellashtirish
^
Savollar bilan muro- kompyuter dasturlari)ni
jaat qilish
namoyish etish
^ K o'rsatm a berish
^ Harakatlar namoyishi
^
Tushuntirish
^ N a m u n ak o ‘rsatish
15-rasm.
Maktabgacha ta’limda o‘qitish uslublari va usullari.
Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalan
ish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi
bilan bog‘liq hikoyalar qiziqarlidir: “Mening birinchi tarbiyachim”,
“Men o‘qish va yozishni qanday o‘rganganman?”, “Bolalikdagi sevimli
o ‘yinchog‘im” va boshqalar.
Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazmuniga muno
sabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch
yoshdan boshlab paydo bo'ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali
materiallarni (narsa-buyumlar, ularning tasviri)
namoyish qilish bilan
birga qo‘shib olib boriladi. K o‘rgazmali materiallardan bolalar tasav-
vurga ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o ‘rta va
katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq katta gu
ruhlarda hikoya qilish jarayonida ko ‘rgazmali materiallardan keragidan
ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‘z yordamida
fikrlashga o‘rgatish, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish lozim.
214
S u h b a t- la '
limning dialogik uslubi bo‘lib, savol-javob o‘tkazish, o‘z
nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi. Suhbat bolalar narsa-hodisal-
ar, voqealar to ‘g‘risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo‘lgan holatda
o'tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalarning mavjud bilimlari aniqlashadi,
boyiydi, tizimlashtiriladi. Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali
qator ko‘nikma va malakalarni paydo qiladi:
bir-birini tinglash, aytilgan-
iarini to'ldirish, ularni takrorlamaslik, bildirilganfikrlarni samimiy baho-
lash va boshqalar. Suhbat fikrning aniq yo'nalganligini, diqqatni va o‘z
xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq
fikr bildirish, xulosa qilishga o‘rgatadi. Suhbat orqali tarbiyachi bolalarda
his-tuyg‘ularni tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea-hodisaga munosa-
batni tarkib toptiradi.
Mazmuniga
ko'ra ikki turdagi suhbat farqlanadi:
axloqiy mavzudagi
va bilishga doir.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbatlarni esa o‘rta gu-
ruhdanoq boshlab o ‘tkazish mumkin.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar
bolalarda axloqiy his-tuyg‘uni tarbi
yalash,
axloqiy tasavvur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsadini
ko‘zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy mavzudagi suhbatlarni o'tkazish
mumkin: “Xushmuomalalilik haqida”, “D o‘stlik va o‘rtoqlik haqida”,
“Salomlashish odobi”, “Ovqatlanish qoidalari” va boshqalar. Axloqiy
mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o ‘qish, ko‘rgazmali materiallami
ko‘rsatish, film namoyish etish bilan uyg'unlikda amalga oshiriladi.
Bilishga doir suhbatlar
mavzusi maktabgacha ta’lim dasturlarida an-
iqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush voqealari,
atrof-muhit va kattalar mehnati bilan ham chambarchas bog‘liqlikda
o‘tkaziladi.
Didaktik maqsadiga
ko'ra suhbat kirish va umumlashtiruvchi turlarga
bo‘linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga,
kuzatishga tayyorlash maqsadida
kirish suhbatidan
foydalaniladi. Ana
shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi
mavjud tajribani aniqlaydi, ularn
ing bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga
qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga doir vazifalarni taqdim eta
di.
Umumlashtiruvchi suhbat
bolalarning biror mavzuda tashkil etilgan
o'quv ishi natijasida qo'lga kiritilgan bilimlarni jamlash, aniqlashtirish,
tizimga solish maqsadida o‘tkaziladi.
215
Badiiy adabiyot о ‘qish.
Badiiy adabiyot -
atrofolam haqidagi bilimlar
manbayi, bolalarda his-tuyg‘uni tarbiyalash, fikrlash, tasaw u r va xoti-
rani rivojlantirish vositasi. Maktabgacha ta ’lim yoshida badiiy adabi-
yotlar o‘qish orqali bolalarda badiiy asarlami idrok etish va anglashga
qobiliyatlilik shakllantiriladi. O lz navbatida mazkur vazifa bolalarda
ko‘rgazmali-obrazli, nutqiy-mantiqiy fikrlashni
rivojlantirish bilan
bogTiq.
0 ‘quv maqsadi bilan bog‘liqlikda badiiy asarlar o'qishda qator didak
tik talablarga rioya etish lozim: bolalarning yoshi va rivojlanishi darajasi
bilan bog‘liqlikda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega asar tanlab olinishi;
bolalarni asarni idrok etishga tayyorlash uchun qisqa suhbat o ‘tkazish,
ularga o ‘quv-bilishga doir vazifalar berish; o ‘qishni boshqa uslublar, shu
jumladan, ko ‘rgazmalilik bilan uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta ’lim jarayonida quyidagi
og'zaki usullardm
foy
dalanish yaxshi samara beradi: bolalarga savollar bilan murojaat qilish,
ko‘rsatma berish, izohlash, tushuntirish va boshqalar.
4
..
Mashg‘ulotlardagi bilishga doir va amaliy
Dostları ilə paylaş: