Ko‘pgina mashqlar predmetli tavsifga ega bo‘ladi, y a’ni ulami bajarish
narsa-buyumlar, o‘yinchoqlar, didaktik materiallardan foydalanishni talab
etadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qitishda
xilma-xil turdagi
mashqlardan foydalaniladi. M a’lum bir holatda bolalar pedagogga taqlid
qilgan holda mashqni
(taqlidga doir mashqlar
) bajarishadi. Bunday
mashqlarga artikulyatsion apparatni rivoj-lantirish, madaniy-gigienik ko‘-
nikmalami mustahkamlovchi mashqlami kiritish mumkin.
Konstruktiv
mashqlar
orqali bola avval o‘zlashtirgan harakat
usullarini yangi maz-
munga ko‘chirib o‘tkazadi. Masalan, bolalar dastlab doira chizishni mashq
qilishadi, so‘ngra ularga havo sharini chizish taklif etiladi. Bola aw al
egallagan bilim va ko'nikmalarini birlashtirishini talab etuvchi ijodiy
mashqlarni bajaradi. Katta guruhlarda bolalar topishmoq. ertak va hikoyalar
tuzishni, tabiiy materiallardan o‘yinchoqlar yasashni mashq qilishadi.
Mashq uslubini qo'llashda quyidagi didaktik talablarga rioya qilinadi:
1) bolalarga ular bajarishi lozim bo‘lgan ishga doir o ‘quv vazifasi berish
(gap tuzishni, vazifalarni hal etishni, ko‘chat o‘tqazishni o‘rganamiz);
2) og‘zaki tushuntirish bilan birga harakatlami bajarish usullarini
ko‘rsatish;
3) bilim va ko‘nikmalami o ‘zlashtirish uchun ko‘p marotaba mashq
qilish, biroq yangi ish usullarini kiritish bilan
ketma-ketlikda vazifalarni
murakkablashtirib borish talab etiladi;
4) bolalarning mashqlarni bajarishi pedagog tomonidan nazorat qilishni
talab etadi.
Tajriba
maktabgacha ta’limda bolaga m a’lum bir narsa haqida yangi
bilimlarni egallashga yordam berishga yo‘naltirilgan amaliy uslubdir.
Tajriba jarayonida bola uning xususiyatlari, aloqadorliklarini anglash
maqsadida obyektga ta ’sir ko‘rsatadi.
Ko‘pgina narsa-buyumlar, moddalar (suv, qum, tuproq va boshqalar)
bevosita sezgi a’zolari yordamida idrok qilinadigan (rangi, o‘lchami,
shakli, hidi) va idrok qilinmaydigan (mo‘rtlik, suvda boshqa holatga o‘tish)
belgilariga ega. Yashirin belgilami aniqlash elementar tajribalar yordamida
amalga oshiriladi. Uni tashkil etishda pedagog
bolalar bilan birgalikda
maxsus sharoitni hosil qiladi. Bunday tajribalarga suvni bug‘ga, qomi
suvga aylantirish; qum va loy bilan tajribalar o‘tkazishni kiritish mumkin.
Tajribalar bolalarga atrof-muhitda sodir boTadigan hodisalarni chuqur-
roq anglash, ular orasida aloqadorliklarni aniqlashga yordam beradi. Tajri-
219
balar o‘tkazish orqali boladakuzatuvchanlik, qiyoslash, taqqoslash, taxmin
qilish, xulosalar chiqara olish qobiliyati rivojlanadi.
Modellashtirish
- ta’limning ko‘rgazmali-amaliy uslubi. Modellash-
tirish uslubi asosida o ‘rin almashish tamoyili yotadi: bola real narsa-
buyumning o'm ini o ‘sha predmetning tasviri, qandaydir shartli belgi
bilan almashtiradi.
Model - olamdagi muayyan hodisani abstrakt
tasvirlashdan iborat
bo‘lib, ushbu hodisaning ro‘y berishini nisbatan ilgariroq aytib berish
imkonini beradi. Masalan, xonaning deraza va eshiklari yopiladi va
bir necha daqiqadan so‘ng tashqarida bir muddat bo‘lgandan keyin
xonaga qaytib kiriladi va xona havosi bilan tashqaridagi havoning farqi
aniqlanadi, xonaning
havosi deraza va eshiklar, fortochkalar yopib
qo‘yilganligi uchun buzilgan degan xulosaga kelinadi. Yoki katta idishga
ulanganjo‘mrakdantomchilab suv oqizib qo‘yiladi. M a’lum vaqt o‘tgach,
idishdagi toza suv tugaydi. Bundan jo'm rakdan tomchi tomib tursa, toza
suv isrofgarchiligiga olib keladi, degan fikr kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: