54
4. UZATKICHLARDA CHASTOTANI AVTOMATIK QAYTA SOZLASH
USULLARI
4.1. Chastotani avtomatik qayta sozlashning vazifasi va tasniflanishi
Turli maqsadlardagi zamonaviy radiotexnik qurilmalar va radioboshqarish
tizimlarida radioavtomatika (RA) tizimlari deyiladigan avtomatik tizimlar keng
qo‘llaniladi. Ularga chastotani fazaviy va chastotaviy avtomatik qayta sozlash
qurilmalari, kuchaytirishni avtomatik rostlash qurilmalari, harakatlanayotgan
ob’ektlarning koordinatalarini o‘lchash tizimlari, masofani o‘lchagichlar, turli
qidirish filtrlari va boshqalari kiradi.
RA tizimlarini alohida sinfga ajratish turli halaqitlar ta’sirida radiosignalning
parametrlariga ishlov berish amalga oshiriladigan radiotexnik qurilmalar va
radioboshqarish tizimlari tarkibida ishlash sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan ularning
o‘ziga xos xususiyatlari orqali asoslanadi.
RA
tizimlarining
ishlash
ishonchliligi
va
sifati
ko‘p jihatdan
radioapparaturalar va radioboshqarish tizimlarining xarakteristikalarini aniqlaydi.
Chastotani avtomatik qayta sozlash tizimlari radioqabul qilish qurilmalarida,
harakatlanadigan ob’ektlar tezligini o‘lchash dopler tizimlarida, signallar
chastotaviy seleksiyalash qurilmalarida qo‘llanadi.
Dostları ilə paylaş: