va ritmik-intonatsion jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan bo'lagi band deb yuritiladi. Eng kichik band — ikki misra. Ikkilik bandlar odatda o'zaro qofiyalangan misralardan tarkib topadi. Mumtoz adabiyotimizda ikkilik band shaklini masnaviy shakli deb yuritiladi. Ikkilik bandning alohida bir ko'rinishi baytdir. Bayt masnaviydan qofiyalanish tartibi jihatidan (dastlabki bayt o'zaro qofiyalanadi, keyingi baytlaming ikkinchi misrasi birinchi bayt bilan qofiyadosh bo'ladi) farqlanadi. Demak, biz g'azal, qasida, qit’a janridagi asarlaming bandlariga nisbatangina «bayt» atamasini ishlatsak to'g'ri bo'ladi. Uchlik bandlar nisbatan kam ishlatiladi. Mumtoz adabiyotimizda uchlik bandlar musallas(musallis) deb yuritiladi. Shu tarzda mumtoz adabiyotimizda to'rt misralik —
murabba’, besh misralik — muxammas, olti misralik — musaddas, etti misralik — musabba’, sakkiz misralik — musamman singari band shakllari ajratilgan. Mumtoz adabiyotimizdagi «musammat» degan umumiy nom ostida yuritiluvchi turg'un she’riy shakllar she’rning necha misralik bandlardan tarkiblanganiga qarab nomlanadi. Yuqorida aytdikki, keng ma’noda ritm muayyan bo'laklaming ma’lum vaqt oralig'ida tartibli takrorlanishi, she’riy ritm deganda esa she’r misralaridagi ritmik bo'laklaming ma’lum o'lchov asosida tartibli takrorlanishidan hosil bo'luvchi ohang tushuniladi. Buni konkret misol asosida ko'rib o ‘taylik: - V - - / - V - - / - V - - / - V