Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

Y^iadim
(6)
(5)
(3)


she’r butunligida namoyon bo‘ladi va band uning asosiy ritmik bo'lagi
(birligi)ga aylanadi.
She’riy nutqning tuzilishida ritmik bo‘laklardan tashqari ritm
hosil qiluvchi, ritmni kuchaytiruvchi unsurlaming ham katta badiiy-
estetik ahamiyati bor. Ulami ritmik bo'laklardan farqlagan holda ritmik
vositalar deb yuritamiz. Ritmik vositalar she’r ritmining ta’kidlanishi,
kuchaytirilishiga xizmat qilib, ulaming asosiylari sifatida ritmik pauza,
qofiya va qofiyalanish sistemasini ko‘rsatish mumkin.
She’rdagi har bir ritmik bo‘lak boshqalaridan ritmik pauza hisobiga
ajratiladi va shu ajratilish hisobiga bu bo'laklar o ‘ziga xos o‘lchov
birligi sifatida namoyon bo'ladi. Deylik, bo'g'in bir tovush zarbi
bilan aytiladi va juda ham qisqa, sezilar-sezilmas pauza (aslida bu
pauza emas, ikki tovush zarbining bir-biridan farqlanib turishi
hisobiga «pauza»dek taassurot qoldiradi, xolos) bilan ajraladi.
Turoqlardan keyingi pauza biroz sezilarliroq bo'lsa, misralar
nihoyasidagi pauza yaqqol seziladi, band yakunidagi katta pauza unga
ritmik-intonatsion tugallik baxsh etadi. Ritmik pauza bilan mantiqiy
pauza doim ham bir-biriga mos kelavermasligi mumkin, ya’ni she’riy
nutqda vergul qo'yilmagan o'rinlarda ham to'xtalib o'tish va aksincha,
vergulli o'rinlarda to'xtalishni sezilmaslik darajasiga keltirish zarurati
yuzaga kelishi odatiy holdir.
Misra yakunida keluvchi qofiyalar — so'z, qo'shimcha, ba’zan
so'z birikmalarining ohangdosh bo'lib kelishi — ritmik jihatdan
misrani ta’kidlab ko'rsatishga, she’ming ohangdorligi, musiqiyligi,
ta’sirdorligini oshirishga xizmat qiladi. She’rni o'qish davomida (bu

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin