Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
narsa ayniqsa yoddan o'qilganda yoki she’r tinglanganda yaqqol seziladi) qofiya misraning tugaganidan darak beradi, pauza bajarayotgan ajratish funksiyasini ta’kidlaydi. She’riyatda qofiyaning bir qator ko'rinishlari (to'liq va to'liqsiz qofiya; unlilar ohangdoshligigagina asoslangan assonans va undosh tovushlar ohangdoshligigagina asoslangan dissonans qofiyalar; ms she’riyatida ochiq yoki yopiq bo'g'in bilan tugashiga qarab ochiq -
«jenskaya rifma», yopiq - «mujskaya rifma» va b.) mavjud. Jumladan, hozirgi o‘zbek she’riyatida qofiyadagi tovushlaming qay darajada mosligi jihatidan och (to'liqsiz) va to‘q (to'liq) qofiyalar ajratiladi. To'liq qofiyada qofiyadosh so'zlarning tovush tarkibi to'la mos (misol tariqasida A.Qutbiddin qofiyalaridan keltiramiz: «buzib - uzib», «lo'killaganda - lopillaganda», «izlardan - yuzlardan») kelsa, to'liqsiz qofiyalarda qisman mos («dahriy - qahridan», «tutun - Alovuddin», «titrab - guldurak») keladi. Qofiyalanish tartibi deganda, banddagi misrlaming o'zaro qofiyalanish sxemasi nazarda tutiladi. Banddagi qofiyalanish tartibi turlicha bo'lib, bu tartib bandning ritmik-intonatsion butuniikka birikishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi tomondan, o'qish jarayonida qofiya misraning tugaganligini ta’kidlaganidek, qofiyalanish tartibi bandning shakllanib bo'lganligi, tugaganini ta’kidlaydi. Masalan, to'rt misrali a - b - a - b tarzida qofiyalangan she’r o'qilayotgan bo'lsa, o'quvchi keyingi bandlarda ham shu xil tartibni kutadi, tartib nihoyalanganida banddagi tugallanganlikni his qiladi. Ya’ni qofiyalanish tartibi, bir tarafdan, she’r ritmining his qilinishiga, ikkinchi tarafdan,