mazmun va ritmning uyg'unlashuviga, o'quvchi tasawurida yaxlit birlik hosil qilishiga yordam beruvchi vosita ekan. She’riy nutqning tuzilishida undagi o'ziga xos gap qurilishining juda katta xizmati borki, uning musiqiyligi, hissiy to'yintirilganligi, ta’sirdorligi ko'p jihatdan she’riy sintaksis hisobiga ta’minlanadi. Sintaktik sathdagi normadan og'ishlar ko'proq she’riy nutqqa xos hodisa sanaladi, shu bois ham adabiyotshunoslikda «poetik sintaksis» degan maxsus tushuncha mavjud. She’r sintaksisiga xos normadan og'ishning eng keng tarqalgan ko'rinishi — inversiyadir. Inversiya she’riy nutqda gap bo'laklari tartibining o'zgartirilishidir. Gap bo'laklari tartibining o'zgarishi ma’no urg'usi tushayotgan so'zni ta’kidlab ko'rsatish, uni misradagi urg'uli pozitsiya - ko'proq misra oxiriga surish imkonini beradi. Masalan, A.Oripovning:
Ulug‘vor bir qudrat bilan Chayqaladi cho‘ng dengiz - satrlari normadan og‘ish boMmagan holda «Cho‘ng dengiz ulug‘vor qudrat bilan chayqaladi» tarzida berilishi kerak. Inversiya hodisasining yuz berishi natijasida «qudrat bilan» so‘z qo‘shilmasi va «dengiz» misralarda urg'uli pozitsiyaga chiqariladi, ayni shu so‘zlarga ma’no urg‘usining tushishi muallif ijodiy niyatiga, she’r mazmuni va emotsional tonalligiga muvofiq keladi. She’ming keyingi satrlari: Qancha ogMr xarsang toshlar Tubda unga cho‘kkan tiz,- inversiyaning bundan boshqa funksiyalari ham borligini ko'rsatadi. Odatdagi tartibda bu misralar «Tubda unga qancha ogMr toshlar tiz cho‘kkan» shaklida boMishi lozim edi. Inversiya natijasida, birinchidan, ifodalash ko‘zlangan mazmun uchun eng muhim so‘zlar («xarsang