bo'g'inlar soni bir xil bo'lgan) she’rlarda bo'g'in, turoq, misra va band birdek ahamiyatga ega bo'lsa, getrometrik misralardagi bo'g'inlar soni turlicha bo'lgan she’rlarda ulaming mavqei o'zgaradi. Masalan, A.Qutbiddin qalamiga mansub she’rlardan birining ritmik qurilishi tubandagicha: She’ming boshqa bandlari ham ayni shu tartibda qurilgan. She’ming birinchi va ikkinchi misralari 11 bo'g'indan bo'lib, uchinchi va to'rtinchi misralar qo'shilgan holda 11 bo'g'inni tashkil qilishi ko'rinib turibdi. Biroq uchinchi va to'rtinchi misralaming qo'shilishi, birinchidan, she’rning intonatsiyasi, ikkinchidan, qofiyalanish tartibiga ta’sir qiladi. Sababi, bu ikki misra qo'shilgani holda ular orasida nisbatan qisqa (turoqlararo) pauza tushishi lozim bo'ladiki, bu narsa intonatsiyaga ta’sir qiladi. Zero, hozirgi holatida har ikki misraning alohida satrlarga chiqarilishi ulaming o'qilishidagi ta’kidni kuchaytiradi. Xullas, she’rdagi beshta bandning hammasi shu tartibda misralarga bo'linganki, bu xil she’rlami getrometrik she’r deb ataladi. Yuqorida Navoiy bayti asosida ko'rganimiz har bir ritmik bo'lak (hijo, turoq, misra va band)ning o'z holicha ritmik birlik bo'lib kelishi bunda kuzatilmaydi. Ya’ni bo'g'inlar soni teng emasligi bois bo'g'inning, turoqlardagi bo'g'inlar soni turlichaligi sababli turoqning, misralarda turoqlaming bir xil tartib va miqdorda bo'lmaganligi sababli misraning ritmik bo'lak (birlik) sifatidagi ahamiyati susayadi, bularning vazifasini to'laligicha band o'z zimmasiga oladi. Ya’ni she’ming ritmik qurilishi Baliqning tishi-la, tilimni tildim, (6 + 5) Yuragim urchuqday uch aylantirdim, (6 + 5) Ko'zimni qiynadim, Qiynog'im qiziq...