jarayoni xususiyatlari, badiiy asami qabul qilish jarayoni xususiyatlari kabi qator muammolar umumestetik xarakterga ega. San’atning barcha turlariga taalluqli bu muammolami adabiyotshunoslik badiiy adabiyot nuqtai nazaridan, badiiy adabiyot bilan bog‘lagan holda va uning misolida o‘rganadi. Badiiy adabiyotning mohiyati, uning rivojlanish omillari va qonuniyatlari, badiiy (adabiy) asar tabiati, uning tuzilishi, badiiy (poetik) til xususiyatlari, adabiy tur va janrlar kabi qator masalalar borki, ular sof adabiyotshunoslik muammolari sanalishi mumkin. Adabiyotshunoslik bu muammolami nima maqsadda o‘rganadi? Um um an, ularni o'rganishga zarurat bormi? Axir, adabiyotshunoslikdan bexabar bo‘lgan holda ham badiiy asami o‘qib zavqlanish yoxud go‘zal asarlar yaratish mumkin emasmi? Bir qarashda bu xil savollaming yuzaga kelishi tabiiy va asoslidek, adabiyotshunoslikning badiiy adabiyotni o‘rganishdan maqsadi o‘iganishning o‘zi bo‘lib qolayotgandek ko‘rinishi mumkin. Aslida esa bu xil savollarning yuzaga kelishi adabiyotshunoslik ilmining ahamiyatini tushunmaganlikdan, uning vazifalari va rolini tasavvur qila olmaganlikdandir. Umumiy bir nazar tashlashdayoq adabiyotshunoslik ilmining ikki jihatdan — badiiy adabiyotning rivojlanishi va badiiy did tarbiyasi jihatlaridan ahamiyatli ekanligi ko‘rinadi. Ya’ni aslida adabiyotshunoslik fani yutuqlari ijodkorlarga ham, o‘quvchi ommaga ham kerak. Zero, adabiyotshunoslik badiiy asami tahlil qilib, unga joziba baxsh etayotgan, undagi ifodalilik va tasviriylikni, badiiy ta’sir kuchini oshirayotgan unsurlarni, muallifning muayyan badiiy samaraga erishishiga yordam berayotgan usul va vositalami ochib beradi (e’tiborda tutingki, adabiyotshunoslik