so‘z san’ati yutuqlarini ochib beradi va umumlashtiradi. Endi adabiyotshunoslikdan ozmi-ko‘pmi xabari boigan odamning va undan mutlaqo xabarsiz odamning badiiy ijodga qo‘l urgani yoki badiiy asar mutolaasiga kirishganini tasavvur qiling. Ulardan qaysi birining harakatlari ko‘proq samara beradi? Tabiiyki, adabiyotshunoslikdan xabardor kishining harakatlari samaraliroq boMadi, chunki u «qaytadan velosiped kashf etish»dan qutuladi. Albatta, bunda kishining iqtidor darajasi, tug‘ma iste’dodi ham katta ahamiyatga molik. Biroq, birinchidan, o ‘sha tug‘ma iste’dod degan narsa ham genlar bilan bogMiq, ya’ni undagi iste’dod ajdodlari to‘plagan bilimu tajribalaming qaymogMdir. Ikkinchi tomondan, tug‘ma iste’dodlar barmoq bilan sanarli, shunday ekan, adabiyotshunoslik ommaning badiiy didini tarbiyalashda ham, badiiy tafakkur rivojida ham sezilarli ahamiyat kasb etaveradi. Yuqoridagilarni xulosalab aytish mumkinki, badiiy adabiyotga taalluqli muammolami atroflicha va chuqur ilmiy o‘rganish — adabiyotshunoslikning vazifasi; chiqargan ilmiy xulosa va umumlashmalari orqali badiiy adabiyot taraqqiysi, badiiy tafakkur rivojiga xizmat qilish, badiiy did tarbiyasiga ta’sir o‘tkazish uning maqsadidir. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari. Hozirgi zamon adabiyotshunoslik fani uchta asosiy tarkibiy qismdan, uchta asosiy sohadan tashkil topadi: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqid. Mazkur sohalaming har biri adabiyotshunoslikning muayyan masalalar majmuini o‘z nuqtai nazaridan o‘rganadi. Shu bilan birga, mazkur sohalar o‘zaro mustahkam aloqada boMib, biri ikkinchisini