shakllanishi va rivoji XX asrga to‘g‘ri keladi. 0 ‘zbek adabiyot tarixchiligining shakllanishida A.Fitrat, A.Sa’diy, V.Zohidov, V.Abdullayev, H.Sulaymonov, G ‘.Karimov, N.Mallayev, A.Qayumov, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov singari olimlarning ulkan xizmatlarini alohida qayd etmoq lozim. 0 ‘zbek adabiyoti tarixini o'rganish borasidagi izlanishlar hozirgi kunda ham davom ettirilayotir. Bugungi kun o‘tmish merosimizga munosabatni o‘zgartirishni, qator adabiy hodisalar, faktlar, ijodkor shaxslar taqdiri va faoliyatini yangicha ilmiy talqin qilish zaruratini kun tartibiga qo‘ygani ma’lum. Demak, bugunda saboq olayotgan talabalami milliy adabiyotimiz tarixini ilmiy xolis o'rganish, yangi « 0 ‘zbek adabiyoti tarixi»ni yaratishdek ulkan va mashaqqatli, sharafli bir vazifa kutadi. A dabiy tanqid hozirgi adabiy jarayon muammolarini o‘rganish,
yangi paydo bo‘lgan asarlarni (shuningdek, o‘tmishda yaratilgan asarlarni ham) bugungi kun nuqtai nazaridan g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish va baholashni maqsad qilib qo‘yadi. Adabiy tanqid — adabiyotshunoslikning operativ, joriy adabiy jarayonga bevosita aralashadigan sohasidir. Adabiy tanqid adabiyotshunoslikning boshqa sohalaridan bir qator jihatlari bilan ajraladiki, bu narsa uning tabiati, o‘ziga xos maqsad va vazifalari bilan izohlanadi. Adabiy tanqid o‘zida adabiyotshunoslik ilmi, badiiy adabiyot va publitsistikaga xos jihatlami uyg‘unlashtiradi. Ma’lumki, adabiy-tanqidiy asar faqat ilmiy doiralar uchungina emas, balki ancha keng auditoriyaga mo‘ljallab yoziladi. Shunga ko‘ra, uning tili — ilmiy-ommabop til. Boz ustiga, badiiy asar haqida so'z borarkan, tanqidchi faqat tushunchalar vositasida