emas, obrazlar vositasida ham fikrlaydi; mantiqiygina emas, hissiy mushohadalarga ham tayanadi. Badiiy asar haqida fikr yuritayotgan, uni bugungi kun nuqtai nazaridan baholayotgan tanqidchi o‘quvchi ommaga bevosita ta’sir qilishni ham ko‘zda tutadi. Ayni paytda, badiiy asami tahlil qilayotgan tanqidchining fikrlari adabiyot nazariyasiga, adabiyotshunoslik ilmining yutuqlariga asoslanadi. Bularning bari adabiy tanqidni adabiyotshunoslik, badiiy adabiyot va publitsistika oralig‘idagi hodisaga aylantiradi. 0 ‘zbek adabiy tanqidchiligining ilk kurtaklari ham tazkiralarga borib taqaladi. Shuningdek, mutaxassislar o‘tmish adabiy jarayoniga xos bo‘lgan mushoiralar, nafis majlislarda “og‘zaki tanqid” mavjud bo‘lganligini ham ta’kidlaydilar. Biroq hozirgi tushunchadagi, yangi tipdagi o‘zbek adabiy tanqidchiligining shakllanishi XIX asr oxiri- XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Yangi tipdagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi milliy matbuotning shakllanishi bilan bog‘liq holda amalga oshdi. 0 ‘zbek adabiy tanqidchiligining shakllanishida jadidchilikning ko‘zga ko‘ringan namoyandalari M.Behbudiy, A.Fitrat, X.Muin; shuningdek, jadidchilik ta’sirida adabiyot maydoniga kirgan V.Mahmud, Cho‘lpon kabi ijodkorlaming katta xizmatlari bor. 0 ‘zbek adabiy tanqidchiligi murakkab rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. U bu
yo‘lda «vulgar sotsiologizm», «partiyaviylik», «sinfiylik», «konfliktsizlik nazariyasi» singari g‘ayriilmiy, g‘ayriadabiy dogmalardan jiddiy talafot ko‘rdi. Afsus bilan qayd etish lozimki, О.Hoshim, S.Husayn, M.Solihov kabi adabiyotshunoslar, H.Olimjon, Uyg‘un, K.Yashin singari ijodkorlaming qator adabiy-tanqidiy asarlari badiiy tafakkur