Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


harakatlanayotgan personaj xarakterini to‘laqonli badiiy talqin etish



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

harakatlanayotgan personaj xarakterini to‘laqonli badiiy talqin etish
uchun dialektizmlardan foydalanish zarurati yuzaga keladi.
3. Badiiy obraz konkretlilik xususiyatiga ega. Asardagi personaj
konkret muhitda harakat qiladi. Muhitga mansublikni ifodalashda
varvarizmlar, vulgarizmlar, argo va jargonlaming ahamiyati katta.
Muhit koloritini ifodalash bilan birga, ular personaj nutqini
individuallashtirish, ruhiyatini ochish va umumiy qiyofasini yaratishda
ham muhim ahamiyat kasb etadi.
4. Tasvir predmetiga munosabatni ifodalash. Tilimizda mavjud
so‘zlar emotsional bo‘yoqdorligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq
qiladi. Yozuvchi tasvir predmetiga munosabatini ifodalash uchun
mavjud so‘zlardan keragini tanlashi zarur bo‘ladi. Masalan, sinonim
so‘zlar qatoridan ijobiy bo‘yoqqa yoki salbiy bo'yoqqa ega so'zning
tanlanishi yozuvchining tasvir predmetiga munosabatini yorqin
ifodalab berishi mumkin.
Semantik sathdagi og‘ishlar. Ma’lumki, nutq jarayonida biz
so'zlami o‘z ma’nosida yoki ko‘chma ma’noda qo‘llashimiz mumkin.
So'zning odatiy ma’nosidan o'zga ma’noda qo'llanishi semantik
sathdagi og'ish sanaladi. Ko'chma ma’noda qo'llangan so'zlarning
umumiy nom i trop (ko'chim) deb yuritiladi. So'z m a’nosi
ko'chishining, tropning metafora, metonimiya, sinekdoxa; kinoya
singari bir qator ko'rinishlari mavjud. Badiiy asarda qo'llanilgan
ko'chimlar ishlatilish darajasi, badiiy bo'yoqdorligi, ta’sirlilik darajasi
kabi jihatlariga ko'ra bir-biridan jiddiy farqlanadi:
a) 
ko'chimlaming bir qismi allaqachon til hodisasiga aylanib
ulgurgan. Masalan, «kun botdi», «soat yuryapti» kabi birikmalarda
so'z ma’nosi ko'chganligi aniq, biroq biz ularga shu darajada ko'nikib

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin