Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Leksik sathdagi normadan og'ish yozuvchining umumxalq tili



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

Leksik sathdagi normadan og'ish yozuvchining umumxalq tili
bazasidagi leksik vositalardan foydalanishida ko'rinadi. Ma’lumki,
umumxalq tilidagi so'zlar o'zining nominativ holatida ham tasviriylik
va ifodaviylik imkoniyatlari jihatidan farqlanadi. Ya’ni ijodkor ifoda va
tasvirni so'z ma’nosiga daxl qilmagan holda, mavjud so'z xazinasidan
«so'z tanlash» hisobigagina kuchaytirishi mumkin bo'ladi.
Yozuvchining umumxalq tilida mavjud so'zlardan odatdagidan
o'zgacharoq foydalanishi quyidagicha badiiy-estetik maqsadlar bilan
yuz beradi:
1. Davr koloritini(ruhini) berish uchun. Lug'atdagi eskirgan
so'zlar — arxaizm va istorizmlar odatdagi so'zlashuvda ishlatilmasligi
ma’lum. Biroq ular tarixiy mavzudagi badiiy asarlarda davr koloritini
berish uchun juda zarur. Deylik, o'z asarida o ‘n beshinchi asr
voqeligini tasvirlayotgan ijodkor, tabiiyki, o'sha davrga xos realiyalami
tasvirlashi lozim bo'ladi. Ya’ni o'sha davr koloritini o'sha davrga xos
bo'lgan narsa-buyumlar, hodisalar, tushunchalar va h.k. nomlarisiz
to‘la tasvirlab bo'lmaydi. Ikkinchi tomondan, o'n beshinchi asr
muhitida harakatlanayotgan personaj tili ham shunga mos bo‘lishi,
uning nutqida o'sha davrga xos so'zlar va so'zshakllar ishlatilishi
obrazning ishonarli va to‘laqonli bo'lishiga xizmat qiladi.
2. Adabiy tilda kam qo'llaniluvchi dialektizmlar badiiy asarda joy
koloritini berish uchun qo'l keladi. Aytaylik, o'zbek tilida
so'zlashuvchilar tarqalgan hududlarda umummilliy xususiyatlar bilan
bir qatorda o'sha hudud kishilarigagina xos bo'lgan jihatlar (urf-
odatlar, tasawurlar, aqidalar, narsa-buyumlar va h.k.) ham
mavjudki, bular birinchi galda sheva tilida o ‘z aksini topadi. Shunday
ekan, asarda tasvirlanayotgan hududga xos bo'yoqlami berish, unda



Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin