I. O‘zbekiston Respublikasida kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va manfatlarining quyidagi kafolatlari mavjud. Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda
qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi, erkin raqobat uchun shart –
sharoit yaratadi, moddiy, moliyaviy, mehnatga oid va boshqa resurslardan
foydalanishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari xo‘jalik va boshqa faoliyatni
amalga oshirishda o‘z tashabbusi bilan qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan har
qanday qaror qabul qilish mumkin.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining xizmat yoki tijorat
siri bo‘lmagan axborotlarning himoya qilinishi kafolatlanadi. Davlat organlari va
boshqa organlarning ulardagi mansabdor shaxslar va xodimlarning qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, kichik va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvi man etiladi.
II. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlariga: 2.1. Kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish, rivojlantirish
jarayonlarini tartibga solish va rag‘batlantirish davlat tomonidan normativ –
huquqiy asosini takomillashtirish, infrastrukturani shakllantirish hamda kichik va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun shart – sharoit yaratish asosida
iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2.2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
2.2.1. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun mahalliy soliqlar va
yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar belgilaydilar;
2.2.2. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning xududiy
www.sies.uz
Page 55 of 356
56
dasturlarini ishlab chiqadilar.
2.2.3. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlarini aniqlaydilar.
2.3 O‘zbekiston Respublikasida kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab –
quvvatlash fondlari ularga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
v
kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya
loyihalarni moliyaviy ta’minlash;
v
ustav sarmoyasida ishtirok etish;
v
maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnik jihatdan
ko‘maklashish;
v
infrastrukturani rivojlantirishga ko‘maklashish;
v
olinayotgan kreditlar uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar
berish yo‘li hamda qo‘llab – quvvatlashning boshqa shakllari bilan
kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishni
rag‘batlantirish uchun shart sharoit hosil qiladi.
2.4 Kichik va xususiy tadbirkorlikni axborot soxasida quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha qo‘llab – quvvatlanadi.
Davlat boshqaruv organlari kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini
iqtisodiy, huquqiy, statistika, ishlab chiqarish texnologiyaga oid va samarali
faoliyat yuritish uchun kerakli boshqa axborotlar bilan ta’minlash chora –
tadbirlarini ishlab chiqaradilar va amalga oshiradilar.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga axborot xizmati ko‘rsatish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozli shartlarda amalga oshiriladi.
www.sies.uz
Page 56 of 356
57
2.5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ishlab chiqarish – texnologiya
jihatidan qo‘llab – quvvatlash