Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


Tovar zahiralari va tovarlarni kelishini tahlili



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

Tovar zahiralari va tovarlarni kelishini tahlili. 
9.3.1.
Tovar zahiralari tushunchasi, turlari va ko‘rsatkichlari. 
9.3.2.
Tovar zahiralari ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladigan omillar. 
9.3.3.
Tovar zahiralarining tahlili. 
9.3.4.
Tovarlar kelisi tushunchasi, manbalari va uning tahlili 
9.3.5.
Tovar zahiralari tushunchasi, turlari va ko‘rsatkichlari. 
9.3.1.Tovar zahiralari tushunchasi, turlari va ko‘rsatkichlari. 
Zahiralar insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida yaratilib kelingan. 
Ibtidoiy jamiyatda zahiralar asosan iste’mol fondi shaklida paydo bo‘lgan. Ularni 
tarkibi juda qisqa bo‘lib, asosan birlamchi ehtiyojni qondiruvchi mahsulotlardan 
tashkil topgan. Umuman zahiralar ishlab chiqarish jamoa va induvidual iste’mol 
uchun jamg‘ariladigan ishlab chiqarish vositalari va iste’mol mahsulotlardan tashkil 
topadi. Shu sababli zahiralarni uch turga ajratish mumkin: Ularga quyidagilar kiradi: 
1.
Ishlab chiqarishdagi (xom ashyo, jihozlar); 
2.
Shaxsiy iste’moldagi(oila xo‘jaligida); 
3.
Tovar shaklida. 
Bular bir biri bilan funksional bog‘liqlikda birining o‘zgarishi qolganlarining 
o‘zgarishiga olib keladi.
Bu zahiralar bir biridan shakli, natural tarkibi, miqdori, joylanishi, to‘planishi 
bilan farq qiladi. 
Ishlab chiqarish zahiralari ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi va 
ishlab chiqarish jarayonini uzliksizligini ta’minlaydi. Ular qatoriga ishlab chiqarish 
uchun zarur bo‘lgan xom ashyo, yoqilg‘i materialllar kiradi.
Shaxsiy iste’moldagi zahiralar tovarlarni ayriboshlash jarayonidan chiqib 
iste’molchilar mulkiga aylangan vaqtidan vujudga keladi. Ya’ni ular aholi 
ixtiyoridagi oziq – ovqatlar va nooziq – ovqatlardan tashkil topadi.
www.sies.uz
Page 262 of 356 


263
263
Bozorga chiqarilgan yoki sotishga mo‘ljallangan mahsulot tovar deb 
hisolanadi. 
Tovarlar bozorda, ya’ni tovar muomilasi bo‘g‘inlarida, shaxobchalarida, 
yo‘lda turgan davrda tovar zaxiralarini tashkil qiladi. Tovar zaxiralari ishlab 
chiqarishdan iste’molgacha yetkazguncha bo‘lgan vaqtdagi tovarlar miqdoridan 
iborat. 
Tovar zahiralari tarixiy kategoriya bo‘lib, u mehnat mahsulini tovar shakliga 
aylanishi, ya’ni tovar ishlab chiqarish va tovar ayirboshlash jarayonini vujudga 
kelishi bilan shakllana boshlagan. 
І
ar qanday narsa yoki mahsulot tovar shaklida har doim bo‘la olmaydi. Shu 
sababli har qanday zahira tovar zahirasi sifatida namoyon bo‘lmaydi.
Biz yuqorida aytganimizdek, tovar zahiralari bozorga chiqarilgan yoki 
sotishga mo‘ljallangan mahsulotlar, ya’ni ayirboshlash bo‘g‘inlarida turgan tovarlar 
miqdoridan iborat bo‘ladi. Tovar zahiralari tovarda mujassamlashgan iste’mol 
qiymati va qiymatiga ega bo‘lishi kerak. Bunday sifatlar narsa yoki mahsulot 
ayirboshlash yoki sotishga mo‘ljallangan bo‘lsagina vujudga keladi. 
Tovar zahiralari mehnat vositalari hamda iste’mol tovarlaridan tashkil 
topadi. Tovar zahiralarining shakllanishi ob’ektiv zaruriyatlardan vujudga keladi. 
Birinchidan, bu ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarining bir biri bilan 
bog‘liqligi hamda birligiga qaramasdan zamon va makonda to‘g‘ri kelmasligi. 
Ayrim davrlarda ishlab chiqarish hajmi va iste’mol miqdori bir biriga to‘g‘ri 
kelmaydi. Bu tafovut ularni umumiy miqdori teng bo‘lgan holda ham doimo ortib 
borishi mumkin. Bunga ishlab chiqarishni ixtisoslashishi, kengayishi, talabni 
dinamik o‘sishi ta’sir qiladi. Bunday tafovut talab va taklifni mavsumiy 
harakatlaridan ham kelib chiqadi. Bunday hollarda kengaytirilgan ishlab 
chiqarishning uzluksizligi tovar zahiralari hisobidan ta’minlanadi. 
Ikkinchidan, tovar zahiralarini zaruriyati tovarlarni tashish, saqlash, sotish va 
tovarlarni iste’mol qilish kabi xususiyatlaridan kelib chiqadi. Tovarlarni tashish, 
katta miqdordagi partiyalarda (vagon, konteynerlarda
)
amalga oshirilsa samarali 
bo‘ladi. Savdo shahobchalari mayda partiyalarda tovarlarni qabul qilishga intiladi. 
www.sies.uz
Page 263 of 356 


264
264
Bundan tashqari tovarlarni ishlab chiqarish assortimentini savdo assortimentiga 
keltirish zarurati ham mavjud. 
Uchinchidan, talab va taklifni tasodifiy o‘zgarishiga bog‘liq. Masalan, 
ko‘zda tutilmagan iste’mol miqdorini u yoki bu tomonga o‘zgarishi. Tovar zahiralari 
ayrim davrlarda shu tur tovarlar tanqislik kabi holatlarni oldini olish uchun tashkil 
qilinadi. 
To‘rtinchidan, tovar zahiralari jamg‘arish elementi sifatida ham zarur 
bo‘ladi. Bu hol milliy boylikni ortib borishini anglatib, ishlab chiqarish va 
ayirboshlashda tovar zahiralarini o‘sishida o‘z aksini topadi. 
Beshinchidan, tovar zahiralari favqulotda holatlarni oldini olish maqsadida 
jamg‘ariladi. Bunga davlat rezervlarini kiritish mumkin. 
Oltinchidan, baho omilini ta’siri natijasida vujudga keladi. Masalan, ko‘p 
miqdorda ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni sotib olish, ularni ulgurji baholarini 
pasaytirishga olib keladi. Bu esa ulgurji olib sotuvchilar uchun foydali bo‘ladi va 
ular ushbu zaruriyatdan kelib chiqib tovar zahiralarini ko‘paytirishga intiladi. 
Va nihoyat, tovar zahiralari sub’ektiv omillarga ham bog‘liq. Ular 
chayqovchilik maqsadlaridan kelib chiqadi. Arzon bahoda sotib olib qimmat sotish
bilan bog‘liq. Bu masala oltinchi omildan maqsadi va mazmuni bo‘yicha farqlanadi. 
Yuqorilardan kelib chiqib, tovar zahiralarini vujudga kelishi kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlaridan kelib chiqishini ta’kidlash 
mumkin. Tovar zahiralari hisobotda, tahlil va rejalashtirishda bir necha xil alomatlari 
bo‘yicha tavsiflanadi. 
Tovar zahiralari tashkil topishi va ishlatilishi nuqtai nazaridan (saqlanish 
muddati, tashkil topishi va yo‘naltirish maqsadiga qarab) tavsiflanadi. Saqlash 
muddatiga qarab, qisqa muddatli va uzoq muddatli tovar zahiralariga ajratiladi. 
Tashkil topishi va yo‘naltirish maqsadiga binoan tovar zahiralari joriy, 
mavsumiy va sotish muddatidan ilgari tashiladigan zahiralar hamda kafolatli 
zahiralarga bo‘linadi. Joriy zahiralar qisqa muddatli zahiralarni, qolganlari uzoq 
muddatli zahiralar guruhini tashkil qiladi. 
Joriy zahiralar yaqin muddat ichida tovarlarni joriy sotilishini ta’minlash 
www.sies.uz
Page 264 of 356 


265
265
uchun tashkil qilinadi va yo‘naltiriladi. Ular har kuni ishlatiladi va muntazam 
to‘ldirib boriladi.
Mavsumiy zahiralar ishlab chiqarilishi uzluksiz bo‘lgan va iste’mol qilinishi 
yil mavsumiga bog‘liq bo‘lgan tovarlardan tashkil topadi. Masalan, yozgi tovarlar 
qish va bahor mavsumlarida saqlansa, qishki tovarlar yoz va kuz mavsumlarida 
saqlanadi. 
Mavsumiy tovar zahiralari tarkibida uzoq muddatga saqlanadigan qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari ham hisobotga olinadi. Bunday tovarlar mavsumiy ishlab 
chiqarish harakteriga ega bo‘lib, yil davomida iste’mol qilinadi. Bular qatoriga 
kartoshka, meva va sabzovotlar kiradi. 
Sotish muddatidan ilgari tashkil qilinadigan tovar zahiralari tabiiy shart 
sharoiti bo‘yicha qish davrida tovarlarni tashish imkoniyati bo‘lmaydigan 
hududlarga, transport qatnash imkoniyati bo‘lgan (asosan yoz davrida) vaqtida 
tovarlarni oldindan yetkazib qo‘yish va qish davrida sotishni ta’minlash bilan bog‘liq 
bo‘lgan tovardan iborat bo‘ladi. 
Tovar ayirboshlash jarayonida kafolatli tovar zahiralari alohida o‘rin tutadi. 
Bunday zahiralar tovar aylanishini ta’minlash uchun boshqa turdagi zahiralar tugab 
qolgan davrda, uni uzluksizligini ta’minlash uchun tashkil qilinadi. Bunday tovarlar 
ham sotilishi muddatidan ilgari tashkil qilinadi (tashib qo‘yiladi). 
Kafolatli tovar zahiralarini nazariy nuqtai nazardan ikki xil guruhga bo‘lish 
mumkin: birinchidan, tovarlarni tashish muddati rejaga nisbatan buzilsa, tashish 
sekinlashsa yoki to‘xtab qolsa, keltirilgan tovarlar partiyasi buyurtmadan kam bo‘lib 
qolgan vaqtlarda tovar aylanishini uzluksizligini ta’minlash uchun tashlil 
qilinadigan; 
Ikkinchidan, talabni jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan (tovar aylanishini 
ko‘zda tutilmagan miqdorda o‘zgarish, aholi sonini jiddiy o‘zgarishi kabilar) 
tovarlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun ko‘zda tutilgan zahiraga. 
Kafolatli zahira alohida hisobga olinmaydi, u tovar zahiralarini 
normalashtirish jarayonida joriy, mavsumiy va sotilish muddatidan ilgari tashkil 
qilinadigan zahiralari tarkibida hisobga olinadi. (Masalan, tegishli tovar zahiralari 
www.sies.uz
Page 265 of 356 


266
266
summasiga nisbatan foiz hisobida). 
Maxsus zahiralarga davlat rezervlari kiritiladi. Ushbu zahiralar favqulotda 
vujudga keladigan ko‘zda tutilmagan hodisa va jarayonlar davrida aholini zarur 
tovarlar bilan ta’minlashga mo‘ljallanadi.
Bunday zahiralar uchun maxsus moddiy-texnik baza va tashkiliy tuzilmalar 
tashkil qilinadi.
Tovar zahiralari statistik va buxgalteriya hisobida ularni joylashish nuqtai 
nazaridan turlab hisobga olinadi. 
Bu alomati bo‘yicha tovar zahiralari chakana savdoda, ommaviy 
ovqatlashish shahobchalarida, ulgurji savdoda va yo‘ldagi tovarlarga bo‘linadi. 
Tovar zahiralari tarkibiy qismlash bo‘yicha ham tavsiflanadi. Masalan, oziq-
ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlari (makrotarkibi), alohida tovar guruhlari 
va assortimentlari (mikrotarkibi) bo‘yicha. 
Tovar zahiralari davr nuqtai nazaridan reja, kutilayotgan va hisobot davriga 
(haqiqiy), ushbular o‘z yo‘lida davr boshiga va davr oxiriga hisobga olinadi.
Shu bilan bir qatorda tovar zaxiralarini minimal va maksimal miqdorlari 
ularni tahlil qilishda va rejalashtirishda ishlatiladi. 

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin