“1-GMZ” Kon boshqarmasi mahsulotlari
o
Texnik temir kuporosi
o
Suyuq natriy silikati
Markaziy kon boshqarmasi mahsulotlari
o
Shag'al
o
Kvarsli qum
o
So' ndirilmagan ohak (palaxsali)
o
NOBELIT 216 Z tipli patronli emulsion portlatish moddalari
o
Ohak toshni maydalab elash (elakdagi qoldiq)
o
Nogabarit xarsangtoshi
o
Yuvilgan kuydirilgan fosforit konsentrati
Janubiy kon boshqarmasi mahsulotlari
o
Marmar ishlab chiqarish
o
Polivinilxlorid va polietilen quvurlar
o
Ichimliklar ishlab chiqarish
5-son Kon boshqarmasi mahsulotlari
o
Amoniy perrenati
O’zbekistonning "Olmaliq KMK" AJ o’z ishlab chiqarish
quvvati bilan O’zbekiston Respublikasining Toshkent, Jizzax,
Namangan va Surxandaryo viloyatlari hududlarida joylashgan
mis-molibden, qo’rg’oshin-rux va oltin-kumush konlari
guruhlari zahiralarida makon topgan jahon miqyosidagi yetakchi
ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.
Bugungi kunda nodir va rangli metallarni qazib olish va qayta ishlash
bilan shug’ullanuvchi, rivojlangan ijtimoiy sohasiga ega bo’lgan
"Olmaliq KMK" AJ o’z ichiga ochiq kon ishlarini olib boruvchi
karyerlar, 10 tadan ortiq yer osti usulida oltin qazib oluvchi kon, beshta
boyitish fabrikasi, ikki Metallurgiya zavodi, Oltingugurt kislotasi ishlab
chiqarish, Ta'mirlash-mexanika zavodi va Ohak zavodini, Sanoat
temiryo’l transporti boshqarmasi, Issiqlik energiyasi markazi, Sanoat
suv ta'minoti sexi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Portlovchi materiallar
zavodi,
Ixtisoslashtirilgan
ta'mirlash
ishlari
boshqarmasi,
"Olmaliqmetallurgqurilish" tresti, Iste'mol mollari ishlab chiqarish
boshqarmasi, ko’p bosqichli texnologik va tashkiliy-boshqaruv
tuzilmasiga ega, yigirmadan ortiq yordamchi sexlar va xizmat
ko’rsatuvchi xo’jaliklardan tashkil topgan murakkab sanoat kompleksi
hisoblanadi. Kombinat tizimida 35 000 ortiq turli malaka va toifali
ishchi-xodimlar doimiy ish o’rinlari bilan ta’minlangan.
"Qalmoqqir" va "Sari cho’qqi" konlarining mis-porfirli oltin va
molibdentarkibli konlari kombinat mis tarmog’ini xom ashyo
bilan ta'minlab turadi. "Qalmoqqir" rudalari Mis boyitish
fabrikasida (MBF), "Sari cho’qqi" rudalari esa 2- Mis boyitish
fabrikasida (2-MBF) qayta ishlanadi, ularning konsentratlari esa
Mis eritish zavodida qayta ishlanadi.
Oltin qazib olish va qayta ishlash ishlab chiqarishini "Kovuldi"
koni, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi,
Angren va Chodak oltin saralash fabrikalari namoyon etadi,
ularning mahsulotlari esa qayta ishlash uchun Mis eritish zavodiga
kelib tushadi.
Kombinatda har yili 31 mln. m³ ortiq kon massasi qazib olinib,
ulardan 15 kimyoviy unsur ajratib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |