Ouken
qonuni
quyidagicha: agar ishsizlikning amaldagi darajasi
ishsizlikning tabiiy darajasidan 1 foizga yuqori bo'lsa, joriy YalMning
potensialYalM ko'rsatkichdan ortda qolishi 2,5 foizni tashkil qiladi.
Boshqacha qilib aytganda, siklik ishsizlikning har bir foizi YalM bo'-
yicha 2,5 foiz ortda qolishga sabab bo'ladi. Masalan,
berilgan muddat
(yil) mobaynida siklik ishsizlik 3 foizni tashkil qilgan bo'lsa, joriy
YalMning potensialYalM ko'rsatkichdan ortda qolishi 7,5 foizga tengdir.
2.5 soni
Ouken soni
,
Ouken param etri
(ko'rsatkichi) yoki
Ouken
koeffisienti
deb ataladi. Statistikaning ko'rsatishicha, bu koeffisient
turii mamlakatlarda va turli davrlarda 2 bilan 3 orasida o'zg arib
turishi
mumkin. IJning qiymati mehnat om ilining mahsulotni ishlab chiqa-
rishdagi ahamiyatiga bog'liqdir.
Siklik ishsizlik potensial Y alM dan ortda qolishdan tashqari bosh-
qa bir qator salbiy oqibatlarni ham yuzaga keltiradi. Yuqori
ishsizlik
natijasida
aholining daromadlari kamayadi, y a ’ni to 'lo v g a layoqatli
talab susayadi va agar davlat zarur chora-tadbirlarni ko'rm asa,
so'n ishning yanada chuqurlashuviga olib keladi.
Aholi daromadlarining ishsizlik oqibatida pasayishi real ja m g 'a r -
malarning qisqarishiga olib keladi. Ja m g 'a rm a la r — investisiyalar man-
bai bo'lgani tufayli, bunday jarayon investision imkoniyatlarning
qisqarishiga ham olib keladi.
Davlat uchun esa, investisiyalarning
va demak ishlab chiqarish
hajmlarining qisqarishi tufayli byudjetga soliq tushumlari kamayadi.
Ishsizlikning yana bir salbiy oqibati shuki, u sababli mamlakat
aholisining tabaqalashuvi yanada chuqurlashib ketadi. Ishsizlik yuki
turli ijtimoiy guruhlarga turlicha t a ’sir qiladi. MaMumki, ishsizlik
darajasi aynan m ehnat bozorida ko'p roq kamsililadigan aholi taba-
qalari orasida yuqori bo'ladi. Bunday tabaqalarga o 'q u v yurtlarini
endi tamomlagan va ish qidirayotan yoshlar, ozchiliklar,
ayollar
kiradi. A holining bu guruhi ko'pincha birinchi navbatda ishdan
bo'shatiladi. A ynan shu guruhlarning daromadi avvaldan pastligini
e ’tiborga oladigan bo'lsak. ishsizlik yuqori bo'lgan davrlarda daromad
taqsimotidagi
tengsizlik ham kuchayadi, degan xulosaga kelish
mumkin. Bundan tashqari, shuni ham unutmaslik kerakki, ishsizlik
oddiy
iqtisodiy hodisa emas, balki u ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.
Dostları ilə paylaş: